“O'ZCHARMSANOAT” UYUSHMASI HINDISTON TERI EKSPORTCHILARI KENGASHI BILAN HAMKORLIK MEMARNDUMINI IMZOLADI.
O'zbekiston hukumati delegasiyasining Hindistonga tashrifi doirasida Dehli shahrida O'zbek-Hind biznes-forumi bo'lib o'tdi. Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi boshchiligidagi delegasiya tarkibidi “O'zcharmsanoat” uyushmasi va unga a'zo korxonalar Hindiston Respublikasi Savdo va sanoat davlat vaziriligi, Hindiston ishbilarmon doiralarining 50 dan ortiq vakillari, Markaziy teri tadqiqoti instituti (CLIR-Central Leather Research Institute), Hindiston teri eksportchilari kengashi (CLE-Council For Leather Exports), Hindistonning charm-poyabzal korxonalari bilan muzokarlar o'tkazdi.
Forumning ochilish marosimida O'zbekiston va Hindiston o'rtasidagi munosabatlar so'nggi besh yil ichida sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilganini ta'kidlandi.
Xususan, besh yil ichida ikki mamlakat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 50 foizdan oshdi. Ijobiy dinamika yuksalishda davom yetmoqda. 2022 yilning birinchi yarmida o'zaro savdo qariyb 30 foizga ko'payib 324,5 million dollardan oshdi. O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va investorlar uchun qulay muhit yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi qayd yetildi. Xususan, 2017 yildan buyon O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan hind kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qariyb 5 barobar oshdi. 2021 yilning o'zida yetmishga yaqin korxona ish boshladi va ularning umumiy soni 357 taga yetdi. Ayni paytda turli tarmoqlarda umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod 80 dan ortiq qo'shma loyiha amalga oshirilmoqda.
Jumladan mamlakatimiz charm-poyabzal va mo'ynchilik sanoatida ham Hind kompaniyalari bilan samarali hamkorlik aloqlari so'lga qo'yilgan. Bo'lib o'tgan biznes forum mazkur aloqalarni yanada kengaytirish va hindistonlik tadbirkorlarning sarmoyalarini respublikamizning charm-poyabzal sanoatiga faol jalb etish uchun qulay biznes muloqot maydoni bo'lib xizmat qildi.
Biznes-forum doirasida Markaziy teri tadqiqoti instituti (CLIR-Central Leather Research Institute) bilan mazkur institutning filialini O'zbekistonda ochish bo'yicha muzokaralar o'tkazildi. Samarali muloqotlardan so'ng dastlabki kelishuvlarga erishildi. Institut filialini Toshkent shahrida ochish bo'yicha kelishib olindi. Mazkur institut filali O'zbekistonda ish boshlasa terini qayta ishlashga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, mutaxassislarni o'qitish va sanoatni qo'llab-quvvatlash, yuqori texnologiyalarga asoslangan raqobatbardosh ustunlikni ta'minlaydigan charm-poyabzal sohasidagi siyosat va harakatlarni ishlab chiqishga qaratilgan yo'nalishlarda o'z faoliyatini olib boradi. Mazkur hamkorlik bo'yicha yakuniy muhokama Toshkent shahrida 2022 yil 12-14 oktabr kunlari o'tkaziladigan “UzCharmExpo-2022” 13-Xalqaro ko'rgazma-yarmarkasi doirasida bo'lib o'tishi va kelishuv imzolanishiga kelishildi. Ushbu loyihani amalga oshirishga jalb etiladigan investisiya miqdori 500 ming dollarni tashkil etadi.
Shuningdek, forum doirasida Hindiston teri eksportchilari kengashi (CLE-Council For Leather Exports) bilan o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur xujjatga asosan O'zbekistonda Hindistonning charm va charmdan yuqori qo'shimcha qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya va biznes-vakillari mamlakatimizda qo'shma investisiya loyihalarini amalga oshiradi. O'zbekistondan Rossiya va Yevropa davlatlariga tayyor mahsulotlar eksportini tashkil etish bo'yicha kooperasiya aloqalarini yo'lga qo'yiladi. O'zbekistondan Hindistonga yarim tayyor va tayyor charm mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha marketing tadqiqotlarini olib borish va mahsulotlar eksportini yo'lga qo'yish bo'yicha ishlar tashkil etiladi. Mahsulotlarni O'zbekistondan eksport qilish bo'yicha qulay logistika yo'nalishlarini ishlab chiqish bo'yicha hamkorlik qilinadi. Muloqot chig'ida Hindiston teri eksportchilari kengashi 15 dan ortiq Hind kompaniyalari bilan birga 2022 yil 12-14 oktabr kunlari o'tkaziladigan “UzCharmExpo-2022” 13-Xalqaro ko'rgazma-yarmarkasida qatnashib O'zbekistonlik tadbirkorlar bilan aniq investisiya loyihalarini va eksport kelishuvlarini muhokama qilishga kelishib olindi.
Biznes-forum doirasida “O'zcharmsanoat” uyushmasi delegasiyasi “DISCOVERY LEATHERS LTD” bilan hamkorlikda O'zbekistonda charmdan poyabzal va charmdan tayyorlangan kiyimlar ishlab chiqarish bo'yicha umumiy qiymati 3 mln. Dollar bo'lgan investisiya loyihasini amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
“LEATHER APPARELS LTD” O'zbekistonda charmdan kiyimlar ishlab chiqarish va Rossiyaga eksport qilish bo'yicha 1,5 mln. dollarlik loyihani amalga oshiradigan bo'ldi.
“MEET PRIVATE LIMITED” bilan O'zbekistonda charmdan tayyor mahsulotlar va charm-attorlik buyumlari ishlab chiqarish va xorijiy davlatlarga, xususan Yevropa davlatlariga eksport qilish bo'yicha 2 mln. dollarlik loyihani amalga oshirishga kelishildi.
“SAROJ INTERNATIONAL GROUP OF COMPANIES”, “RANVIK EXPORTS PVT. LTD.”, “SIDDHARTH EXPORTS” va “MODE RETAILS SALES AND MARKETING PVT. LTD.” kompaniyalari 2022 yil 12-14 oktabr kunlari o'tkaziladigan “UzCharmExpo-2022” 13-Xalqaro ko'rgazma-yarmarkasida qatnashib O'zbekistonlik tadbirkorlar bilan investisiya va eksport kelishuvlarini muhokama qilish bo'yicha aniq takliflar bildirdi.
Umuman olganda mazkur biznes-forum O'zbekiston charm-poyabzal va mo'ynachilik sanoatiga Hindiston kompaniyaqlarining investisiyalarini yanada kenga jalb qilish, mamlakatimizda tayyorlangan tayyor va yarims tayyor mahsulotlarni Hindiston, Rossiya va Yevropa bozorlariga ekasport qilish bo'yicha manfaatli bitimlarni qo'lga kiritishda samarali platforma bo'lib hizmat qildi.