May 18, 2022

✅ #UzCharmExpo2022

“Anka” kompaniyasi “UzCharmExpo- 2022” xalqaro ko`rgazmasida soha vakillari uchun sifatli ish va maxsus poyabzallarning navbatdagi ekpozitsiyasini taqdim etadi.

Kompaniya O`zbekiston bozorida 1994 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 1997 yildan boshlab tabiiy charmdan himoya poyabzallarini ishlab chiqaradi. 2003-yildan Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlari uchun poyabzal mahsulotlarini yetkazib berish bo`yicha davlat buyurtmalarini bajarib kelmoqda.

Ishlab chiqarish quvvati Turkiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Mahsulotlarni ishlab chiqarishda kompaniya Turkiya va Yevropaning ko'nchilik sohasidagi xomashyo, kimyoviy moddalaridan foydalanadi. Korxonaning 10 dan ortiq turdagi himoya poyabzallari xalqaro sifat standartlariga javob beradi. Korxona o‘z mahsulotlarini Qozog`iston va Rossiyaga eksport qiladi.