May 23, 2022

✅ #UzCharmExpo2022

“UzCharmExpo-2022” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarni tabiiy charmdan tayyorlangan brend poyabzal, kiyim-kechak va aksessuarlar bilan tanishtiradi. “Dambog` Poyabzal Savdo” XK ham ko`rgazma ishchirokchilaridan hisoblanadi.

2008-yil aprel oyida tashkil etilgan korxona o‘zining “Dambog`” brendiga ega zamonaviy va sifatli mavsumiy erkaklar poyabzallari bilan mashxur. Sifat korxona faoliyatining asosiy mezoni hisoblanadi. Poyabzallar tabiiy charmdan tayyorlangan bo‘lib, namlikni o‘ziga singdirmaydi. Havo o‘tishiga imkon beradi.

Poliuretan taglikka ega poyabzal esa moslashuvchanlik xususiyatini beradi. Kompaniyaning maqsadi jahon darajasida o`z brendini targ`ib qilish va poyabzal ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar qatoridan munosib o‘rin egallashdir.