«UNDER ARMOUR» BRENDINING “AQLLI” KROSSOVKALARI
Amerikaning “Under Armour” kompaniyasi yugurish uchun mo`ljallangan "UA HOVR Mega 2 Clone sport" poyabzallarining modelini xaridorlarga taqdim etdi. Ushbu krossovkalar "Run Connected" texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan. Poyabzal tezlik, masofa va qadam uzunligi kabi yugurish ma'lumotlarini kuzatish va tahlil qilish imkonini beradi.
"UA HOVR Mega 2 Clone" krossovkalariga sensorlar o’rnatilgan bo‘lib, u "Under Armour MapMyRun" ilovasi bilan sinxronlashgan. Dasturiy ta'minot yugurishning sifat xususiyatlarini tahlil qiladi va real vaqt rejimida sportchining jismoniy tayyorgarligini oshirish bo'yicha tavsiyalar beradi.
"UA HOVR Mega 2 Clone" ham uzoq, ham qisqa masofaga yugurish talablariga javob beradi. "UA HOVR" tagligi penomaterialdan ishlangan. Lekin harakatlanishda og'irlik xosil qilmaydi. Qo'shimcha yordam uchun krossovkaning ustki qismi xavo o`tkazuvchi sintetik qoplamalar va tavonni himoya qiluvchi yumoshoq yoqa qo`llanilgan.
"Under Armour" 1996 yildan buyon turli sport turlari bo'yicha Amerika jamoalari va sportchilari uchun sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi sanaladi. 2006 yildan esa sport poyabzalini ham yetkazib berishni boshlagan.