May 26, 2022

O‘ZBEKISTON CHARM- POYABZAL SANOATI UCHUN SIFATLI KIMYOVIY VOSITALAR

Sankt-Peterburgning “Неохим” kompaniyasi “UzCharmExpo-2022” 12-xalqaro ko'rgazma-yarmarkasi doirasida charm va mo'yna sanoati uchun maxsus kimyoviy moddalar to`g`risida taqdimot o'tkazdi.

“Неохим” yetakchi sanoat tarmoqlari uchun maxsus kimyoviy moddalarni ishlab chiqaradi. Kompaniya korxonalarga ilmiy-texnik, mikrobiologik va servis xizmatini ko`rsatadi. Korxonalarda “Неохим” kimyoviy vositalaridan foydalanish mahsulotlar sifatini yaxshilash, ularni himoya qilish va xarajatlarni minimallashtirishga yordam beradi.

Korxona rahbari Igor Kochergin O`zbekiston charm-poyabzal va mo`yna sanoatining ishbilarmonlariga “Неохим” kompaniyasi imkoniyatlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida batafsil ma`lumot berdi. “Неохим” charmsanoatda qo'llaniladigan keng turdagi kimyoviy moddalarni taklif etadi. Ushbu mahsulotlar “Неохим” laboratoriyasida ishlab chiqilgan va bozorda analogi mavjud emas.

Shuningdek, janob Kochergin teri va mo`ynani qayta ishlashning barcha bosqichlari uchun kimyoviy moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha 150 yillik tajribaga ega “Неохим” va Germaniyaning “Trumpler” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik haqida ma`lumot berdi.

“Неохим” vakillari O`zbekiston kompaniyalari bilan qator B2B uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazishni maqsad qilgan.