May 24, 2022

✅ #UzCharmExpo2022

“UzCharmExpo-2022” xalqaro ko‘rgazmasi sizni “TOJIR PRIMA SERVIS” MChJ mahsulotlari bilan tanishtiradi. Korxona 2011-yilda Namangan shahrida tashkil etilgan.

Korxona erkaklar poyabzali va attorlik buyumlarini ishlab chiqaradi. Barcha mahsulotlar 100% tabiiy charmdan tayyorlanadi. Har bir mahsulot yakuniy sifat nazoratidan o'tadi. “TOJIR PRIMA SERVIS” poyabzallari va sumkalari o`ziga xos uslub va qulaylikni uyg‘unlashtirgan.

Poyabzal va sumkalar Germaniya, Xitoy, Tayvan kabi davlatlarning zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan zavodda ishlab chiqarilmoqda. Bu yerda 1250 kvadrat metrdan ortiq maydonda 80 kishi mehnat qiladi. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 156 ming juftni tashkil etadi.