O‘ZBEK TILI – MILLATINING RUHI VA O‘ZLIGINI ANGLASHINING ASOSIDIR
O‘zcharmsanoat” uyushmasi markaziy aparati va hududiy boshqarmalari xodimlari uchun 21-oktyabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33-yilligi hamda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zbek tili –millatining ruhi va o‘zligini anglashining asosidir” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.
Unda so‘z olganlar o‘zbek tilining tarixi, uning xayotimizdagi ahamiyati va dolzarbligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Bir necha misollar bilan o‘rtoqlashdi. Davra suhbati davomida masʼul vakillar tomonidan o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart – sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan saʼy-harakatlar alohida eʼtirof etildi.
Shuningdek, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘-eʼtiborini yuksaltirish uchun uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarurligi hamda har birimizdan tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishni talab etishi taʼkidlandi. O‘zbek tiliga davlat tili berilishi tarixi hamda qonunchilikda davlat tilining ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berdi. Undan tashqari o‘zbek tilining og‘riqli nuqtalariga ham eʼtibor qaratishimiz kerakligini yana bir bor taʼkidladi.