July 15, 2022

#BrandsOfTheWorld

Bugun #BrandsOfTheWorld rukni orqali Amerika brendi – “Columbia” haqida ma'lumot beramiz. Dunyoga mashhur brend nafaqat poyabzal, balki sport kiyimlarini ham ishlab chiqaradi. Brendning mahsulotlari erkaklar, ayollar va bolalar uchun mo'ljallangan.

Kompaniyaning tarixi uning egasi Gertrud Boyl bilan chambarchas bog'liq bo'lib, 1938 yilda uning oilasi Germaniyadan Portlendga (AQSH) ko'chib o'tgan vaqtdan boshlangan. Yangi hayotga umid izlab, oila “Rosenfeld Hat Co” bosh kiyimlar ishlab chiqaruvchi kompaniyani sotib oldi. SHundan so'ng kompaniya nomini “Columbia Hat Co” deb o'zgartirdi. SHu asnoda oilaviy biznes yo'lga qo'yiladi.

1980-yillarning boshida sport uslubi modaga kirib, jadal rivojlana boshlagani kompaniya uchun katta omad edi. Kompaniyaning jahon miqyosidagi shon-shuhratini hozirgi vaqtda ham moda bo'lgan “Columbia” kurtkalari berdi. 1986 yilda chiqarilgan “Columbia Bugaboo” kurtkalari xaqiqiy yutuq edi.

2000 va 2003 yillarda ikkita “Sorel Corporation” va “Mountain Hardwear” poyabzal kompaniyasi sotib olinadi: Bu “Columbi”ga poybzal bozoriga kirishga imkon berdi.
“Columbia” poyabzallari boshqa ishlab chiqaruvchilarning poyabzallaridan uchta xususiy texnologiya bilan farqlanadi.

“Omni-Heat”- Ushbu texnologiya poyabzal ichidagi haroratni maromda ushlab turishga va sovuqni o'tkazmaslikka yordam beradi. Bundan tashqari, ishlatiladigan materiallar oyoq terlaganda namlikni yuta oladi. Poyabzalni foydalanuvchi uchun qulay haroratda ushlab turadi.

“Techlite” – “Columbia” poyabzal tagliklari yuqori qulaylikni ta'minlash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ular bardoshli, har qanday zarbani qaytara oladi. Poyabzalning vaqt o'tib sifati buzilishining oldini oladi.

“Omni-Grip” — xarakatlanish mushkul bo'lgan joylarda ham erkin yurish va foydalanish uchun ilg'or yechim bo'lgan tashqi taglik. Har qanday ob-xavo sharoitiga chidamli.