May 25, 2022

“UZCHARMEXPO-2022” XALQARO KOʼRGAZMA-YARMARKASIDA MAHALLIY INVESTORLAR TASHABBUSLARI

“UzCharmExpo-2022” 12-xalqaro ko`rgazma-yarmarkasi mahalliy tadbirkorlar va investorlarning tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash va yangi loyihalarni amalga oshirishlari uchun qulay biznes maydoni boʼlib xizmat qilmoqda.

Koʼragazma doirasida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati Fargʼona viloyatida joylashgan “Sahawang Shoes” Oʼzbekiston-Xitoy qo`shma korxonasi vakillari bilan uchrashdi.

Muloqotda mahalliy kompaniya vakillari Uyushma rahbariyatiga Fargʼona viloyatidagi kichik sanoat zonasida poyabzal va poyabzal uchun tagliklar, EVA xom ashyosini ishlab chiqaruvchi yangi korxona ochish tashabbusini bildirdi. Mazkur loyihaga dastlabki bosqichda 2 mln. dollar investitsiya jalb etiladi. Mahsulotlar ichki bozorga va eksportga yoʼnaltiriladi.

Muloqot chogʼida tadbirkorning tashabbusi qoʼllab-quvvatlanib, yer maydonini olish, loyihani ishga tushirish boʼyicha amaliy koʼmak koʼrsatish boʼyicha qaror qabul qilindi.