May 14, 2022

✅ #UzCharmExpo2022

Charm, poyabzal, attorlik, mo'yna va jun mahsulotlari “Uzcharmexpo-2022” 12 - xalqaro qo'rgazma-yarmarkasi tashrif buyuruvchilarga mahalliy va xorijiy brendlarning poyabzallarni namoyish etadi. Ular orasida "KFK Collection" ham bor. Kompaniya ko‘rgazmada o‘zining yangi kolleksiyasini taqdim etadi.

"KFK Collection" O'zbekiston bozorida 1996 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniy mahsulotlarining assortimentidan 2500 dan ortiq poyabzal modellar o’rin olgan. Korxonaning quvvati kuniga 2000 juft charm poyabzal ishlab chiqarishga mo'ljallangan. Erkaklar poyabzali va ortopedik taglikli bolalar poyabzalini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. E’tiborlisi, ishlab chiqarishda ishlatiladigan charm mahalliy bo‘lsa, taglik va yelim uchun xomashyo Italiyadan keltiriladi.

Zavodda poliuretan va termoplastik elastomerdan tayyorlangan tagliklarni qoliplash uchun o'z ustaxona mavjud. Tagliklar yelimlash va quyima ravishda poyabzalga yopishtiriladi. Poyabzal ishlab chiqarishda foydalaniladigan charm xomashyoning 90 foizi mahalliy yetkazib beruvchilardan olinadi.