May 13, 2022

#UzCharmExpo2022

O‘zbekistonning eng taniqli brendlardan biri – "EXCEL SHOES"ning yangi poyabzal kolleksiyasi bilan UzCharmExpo-2022 ko‘rgazmasida tanishing

“Excellent East” MChJ korxonasi 2013-yilda Toshkent shahrida ishlab chiqarish faoliyatini boshlagan. Kompaniya kolleksiyasidan yuqori sifatli bo'yash va pardozlash usullaridan foydalangan holda tabiiy charmdan tayyorlangan klassik erkaklar derbilari, broglar, oksfordlar va loferlar o’rin olgan. Italiya, Turkiya, Germaniya va Xitoy ishlab chiqaruvchilari bilan yaqin aloqalar o’rnatilgan. Kompaniya mutaxassislari poyabzal tayyorlashning yangi texnologik usullarini o‘zlashtirib, dizayn yo‘nalishlarini yaqindan kuzatib bormoqda.