October 19, 2021

#MadeInUzbekistan

#MadeInUzbekistan rukni Oʻzbekistonning milliy brendlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar haqida maʼlumot berishda davom etadi. Bu galgi ruknimiz orqali MBERG, Sarans, Mustang brendlari ostida ishlab chiqarilgan “Mustang”MCHJ poyapzallari haqida maʼlumot taqdim etamiz.

O'z faoliyatini 2008 yilda Namangan viloyatida boshlagan fabrika tabiiy materiallardan erkaklar poyabzali ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Kompaniyaning tajribasi va yuqori sifat nazorati sifatli va chidamli mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini bermoqda. Har bir model uni chidamliligi va yuqori texnologiyalar orqali ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydigan o'nlab sinovlardan o'tadi.

"Mustang shoes" MChJ Xitoy, Turkiya va Evropa mamlakatlarining zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan. Poyabzal uchun yuqori sifatli charm, zamsh va nubuk ishlatiladi. Uzoq yurganda paydi bo’ladigan charchoqni oldini olish uchun anatomik taglik va kolodkalar ishlatiladi.

"Mustang shoes" poyabzallarini O'zbekiston bo'ylab savdo markazlaridan xarid qilishingiz mumkin. Kompaniya o'z mahsulotlarini Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston va MDHning boshqa mamlakatlariga eksport qiladi.