LINEAPELLE: O`ZBEKISTON XALQARO CHARM BOZORIDA
Italiyaning Milan shahrida bo`lib o`tayotgan moda haftaligi doirasida charm, aksessuarlar, butlovchi qismlar, matolar -Lineapelle xalqaro ko'rgazma o`z ishini boshladi. Ko`rgazma dunyo moda va charmsanoatining 26 000 dan ortiq tashrif buyuruvchilarni birlashtiradi. Ularning 10 000 dan ortig'i 114 dan ortiq mamlakatdan kelgan xorijiy kompaniyalar vakillari, bayer va reteylerlardir.
“O`zcharmsanoat” uyushmasiga a`zo charm ishlab chiqaruvchi korxonalar 48 metr kvadrat maydonda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tayyor charm mahsulotlarini namoyishga qo`ygan.
Ko`rgazmaning dastlabki kunida Italiya-O`zbekiston savdo uyi vakillari bilan muloqotlar o`tkazildi. Uchrashuvda O`zbekistonda tayyorlangan tayyor charm, poyabzal mahsulotlarini Italiya bozorida savdosini amalga oshirish yuzasidan muzokarlar olib borildi. Shuningdek Italiyaning Tecon kompaniyasi O`zbekiston korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlarini texnoligik yangilash yo`nalishi bilan bir qatorda, tayyor mahsulotlarni xarid qilishga qiziqish bildirdi. Hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlari Toshkentda bo`lib o’tadigan “UzCharmExpo-2022” 13 xalqaro ko’rgazmasida batafsil muhokama qilinib, shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
O’zbekiston korxonalari tomonidan xorijiy kompaniyalar bilan mazkur ko`rgazma doirasida 15 ta investitsiya va eksport shartnomalari imozlanishi kutilmoqda.