May 25, 2022

“UZCHARMEXPO-2022”: XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI OʼRNATILMOQDA

Poytaxtimizda oʼz ishini boshlagan “UzCharmExpo-2022” 12- xalqaro koʼrgazma-yarmarkasi doirasida “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan mahalliy korxonalar va xorijiy investorlarning B2B uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

Hindistoning “Penza Exports” kompaniyasi Qashqadaryolik tadbirkor bilan muloqot oʼtkazdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yoʼlga qoʼyish va barcha turdagi poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qoʼshma korxonani tashkil etish loyihasi muhokama etildi.

Muhokama davomida yangi loyihani amalga oshirishning amaliy va xuquqiy jihatlari atroflicha koʼrib chiqildi. “Oʼzcharmsanoat” uyushmasi tomonidan har ikki tomonga amaliy koʼmak koʼrsatish boʼyicha takliflar bildirildi.

Qayd etish kerak, mazkur yangi loyihaning amalga oshirilishi natijasida mahalliy tadbirkorimiz nafaqat Oʼzbekiston bozoriga balki, BАА, Italiya bozorlariga “Made in Uzbekistan” yorligʼi ostidagi milliy mahsulotlarimizni eksport qilish imkoniga ega boʼladi.