May 16, 2022
✅ #UzCharmExpo2022
“Uzsalaman” brendi erkaklar poyabzallarining yangi kolleksiyasini UzCharmExpo – 2022 ko‘rgazmasida namoyish etadi.
1994-yilda Farg‘ona shahrida tashkil etilgan. korxonada 300 dan ortiq kishi mehnat qiladi. Yiliga o'rtacha 250 ming juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona Germaniyaning “Salamander AG” kompaniyasi uskunalari asosida faoliyat olib boradi. Mahsulotlar gigiyenik va qulaylik talablariga to`liq javob beradi. “Uzsalaman” poyabzallarining tag qismi tashqi omillarga chidamlidir.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlar ISO-9001:2009 sifat menejmenti tizimi bo‘yicha sertifikatlangan va barcha talablariga javob beradi.