September 28, 2021

#MadeInUzbekistan

#MadeInUzbekistan rukni orqali sizga “BUNKER” brendi ostida turli ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasi uchun maxsus poyabzallar ishlab chiqarish bilan shugʻullanavuchi "BOLAJON ORZUSI" kompaniyasining mahsulotlari haqida maʼlumot beramiz.

Korxona 2010 yilda Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrida tashkil etilgan. 4000 kvadrat metr maydonda joylashgan fabrikada 205 kishi ishlaydi. Bu yerda yiliga 250 ming juft poyabzal ishlab chiqariladi. Korxonada zamonaviy uskunalar o'rnatilgan. Korxonada poyabzal ustki qismi, teri kesadigan uskunalar va poyabzallarning tag qismalari ishlab chiqariladi.

Poyabzal ustki qismni ishlab chiqarishda tabiiy va sintetik charm ishlatiladi. Tag qismi poyabzalga ulash quyish usuli bilan amalga oshiriladi. Kompaniyaning afzalligi nafaqat katta assortiment, balki mijozning savdo belgisi ostida poyabzal ishlab chiaqarlilishidir.

Kompaniya qo'shni davlatlar, jumladan, Rossiya va Qozog'istonga eksportni amalga oshiradi.