August 2, 2022

#MadeInUzbekistan

✅📣#MadeInUzbekistan O'zbekistonda ishlab chiqarilgan poyabzal, kiyim-kechak va aksessuarlar haqida ma'lumot berishda davom etadi. Bu galgi sonda sizni ayollar poyabzalini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "MAKS BMB Ltd" kompaniyasining mahsulotlari bilan tanishtiramiz.

Toshkent viloyatida 2021-yil aprel oyida o‘z faoliyatini boshlagan korxona ayollar poyabzalini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya M88 brendi ostidagi ayollar poyabzali bilan mashhur. Ushbu liniyaga yosh dizayner Mohira Maxsudova tomonidan asos solingan. U fabrikada ishlab chiqarilayotgan deyarli barcha turdagi poyabzallarning eskizlarini yaratadi.

Barcha mahsulotlar yuqori sifatli tabiy va suniy charm hamda zamshdan tayyorlanadi. Korxonada 60 dan ortiq ishchi mehnat qiladi.
“MAKS BMB” MChJ brendining do‘konlari Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasi va “Abu Saxiy” savdo markazida joylashgan.