May 12, 2022

#UzCharmExpo2022

“Uzcharmexpo-2022” 12-Xalqaro charm, poyabzal, galantereya, mo‘yna va jun mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasida charm-poyabzal sanoati uchun zamonaviy uskunalar namunalari namoyishi ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, shu jumladan, Germaniyaning taniqli DESMA kompaniyasi bevosita ishlab chiqaruvchi sifatida shunday uskunalarini e'tiborlarga taqdim etadi.

DESMA ushbu bozorda texnologiya yo‘nalishini belgilovchi sifatida nom qozongan va yakuniy mahsulot sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilishi lozim bo‘gan yangi texnologiyalarni izchil rivojlantirib kelmoqda. DESMA kauchuk va silikon buyumlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy uskunalarni, xususan, poyabzal sanoati ehtiyojlari uchun inyeksion quyma mashinalarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Germaniya, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Meksika, AQSh, Hindiston, Rossiya, Braziliya va Slovakiyada o‘zining ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatish bo‘limlariga ega bo‘lgan ushbu kompaniya uskunalariga nisbatan o‘ziga xos qiziqish bildirilishi e'tiborga olinsa, Xalqaro ko‘rgazma doirasida bu masalaning ahamiyati yanada ortadi.