September 12, 2022

#MadeInUzbekistan

#MadeInUzbekistan rukni orqali “TWIG” brendi ostida yuqori sifatli sport poyabzallarini ishlab chiqaruvchi “GRAND FAYZ BARAKA MCHJ” kompaniyasi mahsulotlari xaqida ma’lumot beramiz.

35 nafardan ortiq ishchi mehnat qilayotgan korxonada zamonaviy texnologik uskunalardan foydalanilgan xolda oyiga 5000 juft krossovka ishlab chiqariladi. Xodimlarning ish unumdorligini oshirish maqsadida barcha sharoit yaratilgan.

“TWIG”sport poyabzallari qulay, gigiyenik va tashqi muhitga bardoshli bo'lib, ularning tagliklari yengil materiallardan tayyorlangan. Bu esa poyabzallarning ko'rsatkichlarni oshiradi.

Kompaniya mahsulotlarini kiyim-kechak bozorlaridagi savdo majmualari va “TWIG" brendining telegram kanali orqali onlayn xarid qilish mumkin.