#BrandsOfTheWorld
#BrandsOfTheWorld rukni orqali sizga Rossiyaning “Ralf Ringer” brendi haqida maʼlumot beramiz. Erkaklar, bolalar va ayollar poyabzallarini ishlab chiqaruvchi markaga 1996-yilda Andrey Berejnыy tomonidan asos solingan. Poyabzal fabrikalari Moskvada va Rossiyaning boshqa shaxarlarida joylashgan.
Dastlab, kompaniya faqat yuqori sifatli va qulay erkaklar poyabzali ishlab chiqarish bilan shug'ullangan. U juda tez rivojlandi. 1998 yilda ishlab chiqarish hajmi 100000 juftni tashkil etdi. 2000 yilda Andrey Berejniy Rossiyaning taniqli telekanallarida brendni faol reklama qila boshladi. Bu yana bir yutuqqa imkon berdi. 2006 yilda 1 million juft poyabzal ishlab chiqarildi. 2014 yilda kompaniya tarixida muhim voqea yuz berdi - ayollar va bolalar poyapzallarining birinchi kolleksiyasi chiqarildi bu xaridorlar o’rtasida katta muvaffaqiyat qozondi.
Ralf Ringerning ayollar, erkaklar va bolalar kolleksiyalari zamonaviy texnologiyalar va zamonaviy dizaynga asoslangan. Poyabzallar tabiiy xom ashyodan ishlab chiqarilgani bois kompaniya uni Italiyadan Braziliyaga qadar butun dunyo mamlakatlariga eksport qilmoqda. Har yili brend ikkita kolleksiyasini taqdim etadi: "bahor-yoz" va "kuz-qish".
Ralf Ringer muvaffaqiyatining siri shundaki, unda imkoniyati cheklanganlar ham ishlaydi. Bundan tashqari, brend xayriya ishlari bilan shug'ullanadi.
Ralf Ringer hozirda Rossiyada eng talabchan va mashhur ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.