April 11, 2021

AI COM #3 Sun'iy intellekt va O'zbekiston, to'siqlar, muammolar.

11-Aprelda 14:40 da AI COM - Sun'iy intellek hamjamiyatining 3-uchrashuvi Yoshlar Press klubida bo'lib o'tdi.


Dastlab AICOM yuzasidan Ulug'bek Ismatov http://aicom.uz sayti taqdimoti va hamjamiyatning rivojlanish yo'nalishlari bo'yicha so'zga chiqdi.

Laziz Adhamov (SAP Sales Direktor)

Uchrashuvning birinchi spikeri SAP O'zbekiston sotuv direktori Laziz Adhamov Zaif Sun'iy intellekt, Kuchli Sun'iy intellekt hozirgi davrda qaysi kompaniyalarda talab borligi, AI ga qancha byudjet ajratilishi, O'zbekistondagi Cloudga qo'yilgan taqiqning rivojlanishga ta'siri va ma'lumotlar bilash ishlashdagi to'siqlar haqida nutq so'zladi.

Shahzod Umirzakov (TASS VISION Co-Founder & CEO)


Ikkinchi spiker TASS-VISION kompaniyasi asoschilaridan biri va rahbari Shahzod Umirzakov TASS AI, TASS LINK, TASS SMART CITY yo'nalishlarida orttirilgan tajriba, sun'iy intellektning ta'siri, rivojlanish yo'li haqida tushuntirib berdi.

Muslim Pirnazarov (Turin Invest Soft Solution Director)


Uchinchi spiker Muslim Pirnazarov Mammo Cancer dagi tajribalari, hozirgi loyihalar, Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joyir etish to'g'risidagi qarori qabul qilinish jarayoni haqida tajribalarini ulashdi.


Uchrashuv yakunida hamjamiyat uchrashuvlarida ishtirok etuvchilar soniga emas, sifatiga e'tibor berish kerakligi, yetakchi mutaxassislarni hamjamiyatga jalb etish lozimligi, May oyidagi uchrashuvda natijalar sarhisobi qilinishi va aniq ko'rsatkichlar belgilab olinishi talab qilinishi kelishib olindi.

Uchrashuv so'ngida umumiy su'ratga tushishni istaganlar bilan moment tarixga muhrlandi.

Agar siz mutaxassis bo'lsangiz yoki loyihangiz bo'lsa 3-variantda Tashkilotingiz Sun'iy intellektga bog'liq faoliyatingiz bo'lsa hoziroq http://aicom.uz saytidan o'zingizga tegishli qismda ro'yxatdan o'tishingiz so'raladi.


aicom.uz saytini Javohir Nizomiddinov yaratgani uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Loyiha menejeri : Abror Xalilov ( EPAM - Software Engineer )
Fotograf : Bunyod Rustamov

Ijtimoiy tarmoqlarda :
Facebook : http://facebook.com/aicomuz
Instagram : http://instagram.com/aicomuz
Telegramdagi guruhimiz : http://t.me/aicomuz