February 20

SIRDAYRO - TARG'IBOT TADBIRLARINING NAVBATDAGI MARKAZI BO'LDI

Joriy yilning 14-15 fevral kunlari, Sirdaryo viloyati Guliston shahri hokimligi binosida isitish qozonlari, quyosh suv isitkichlari, gaz taqsimlash punkti (GTP) targ'ibotlariga oid seminar o‘tkazildi.

Uchrashuvda "O'zeltexsanoat" uyushmasi mutasaddilari, uyushmaga a'zo "Texnopark” korxonasi mutaxassislari, ijtimoiy soha vakillari, issiqxona xo‘jaliklari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar va boshqa tadbirkorlik sub’yektlari, mahalliy hokimiyat organlari vakillari ishtirok etdilar.

Ushbu taqdimot ko'rinishidagi uchrashuvda, boshqa viloyatlarda bo'lgani kabi isitish qozonlari, quyosh suv isitkichlari, gaz taqsimlash punktlariga oid barcha ma'lumotlar yig'ilganlarga atroflicha tushuntirildi.

Imtiyozli kreditlar, davlat tomonidan ushbu texnologiyalarni xarid qilishda beriladigan subsidiyalar, uzoq muddatli kafolat va tezkor servis xizmatlariga oid faktlar uchrashuv qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.

Uchrashuv so'nggida ishtirokchilarning ko'pchiligi mamlakatimizda bunday texnologik jihozlar ishlab chiqarilishi haqida hech qanday ma'lumotga ega emasligini, ammo bu kabi targ'ibot tadbirlari orqali texnologiyalarni imtiyozli asosda xarid qilish mumkinligiga oid ma'lumotlar olganligidan juda mamnun bo'lganliklarini ta'kidladilar.

Mahalliy hokimiyat vakillari tomonidan esa prezidentimizning qarorlari asosida bunday texnologiyalarni xarid qilishda fuqarolarga yengillik yaratishga oid imkoniyatlar haqida ma’lumot berishganda, ko'pchilik bunday imkoniyatdan albatta foydalanishlarini ta'kidladilar.