Litiy-ion batareyalardan to'rt barobar ko'p quvvat va arzonroq narxga ega yangi batareya turi yaratildi
"O'zeltexsanoat" uyushmasi AXBOROT XIZMATI
300% ko'proq quvvat: yangi batareya texnologiyasi energiyani saqlash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin
Sidney universitetidan doktor Shenlong Jao boshchiligidagi xalqaro tadqiqotchilar jamoasi yashil iqtisodiyotga o‘tish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan yangi batareyani ishlab chiqdi.
Ushbu batareyalar Natriy-oltingugurt batareyalari deb atalib, elektrolit sifatida natriy va oltingugurtning erigan aralashmasidan foydalanadigan energiya saqlash tizimining bir turi hisoblanadi.
Batareya litiy-ionli batareyalarga qaraganda to'rt baravar ko'proq energiya quvvatiga ega va uni ishlab chiqarish ancha arzon. Jamoa akkumulyatorni yaratish uchun dengiz suvidan olinadigan erigan tuz turi bo‘lgan natriy-oltingugurtdan foydalangan, bu esa uni litiy-ionli akkumulyatorlarga nisbatan tejamkorroq muqobil manba bo'lishiga xizmat qilgan.
Natriy-oltingugurtli (Na-S) batareyalar yarim asrdan ko'proq vaqt davomida mavjud bo'lsa-da, ulardan kam foydalanilgan, chunki batareyaning quvvati va ishlatilish davr qisqa bo'lgan.
Oltingugurtning reaktivligini, u bilan natriy o'rtasidagi reaksiyalarning qaytarilishini yaxshilash uchun oddiy piroliz jarayoni va uglerod asosidagi elektrodlardan foydalangan holda, olimlar batareyaning quvvati va foydalanish davrini oshirishga erishdilar.
Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, ushbu turdagi batareya, elektron qurilmalarda, energiyani saqlash uchun keng qo'llaniladigan va ishlab chiqarish, qayta ishlashda qimmatga tushadigan litiy-ion batareyalarga nisbatan mustahkamroq va kamroq zaharli ta'sirga ega.
Doktor Jaoning Natriy-oltingugurt batareyasi elektr tarmoqlari kabi yirik qayta tiklanadigan energiyani saqlash tizimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan bo’lib, ayni paytda operatsion xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi.
Xalqaro "Toza energiya kengashi" ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yilda Avstraliya elektr energiyasining 32,5 foizi toza energiya va qayta tiklanuvchi manbalar orqali ishlab chiqarilgan.
Maishiy foydalanishga mo'ljallangan elektr energiya zaxiralari ham o'sib bormoqda. So'nggi hisobotga ko'ra, 2022-yilda rekord darajadagi 33 000 ta yangi kata sig’imdagi akkumulyator turli hududlarga o'rnatilgan.
“Bizning natriy-oltingugurt akkumulyatorimiz to‘rt baravar ko‘p saqlash sig‘imiga ega bo'lib, xarajatlarni keskin kamaytirish imkoniyatiga ega. Bu qayta tiklanadigan energiyani rivojlantirish uchun muhim yutuq bo‘lib, garchi u uzoq muddatda xarajatlarni kamaytiradigan bo‘lsa-da, uni yaratishda bir qancha moliyaviy to‘siqlarga duch keldik”, deydi yetakchi tadqiqotchi doktor Jao.
Quyosh elektr panellari, shamol elektr parraklari ehtiyojimizni qondira olmagan taqdirda, bizga qimmat bo'lmagan, osonlik bilan foydalanish mumkin bo'lgan, energiya saqlash texnologiyalari kerak. Dengiz suvidan qayta ishlanishi mumkin bo'lgan natriy kabi mo'l-ko'l tabiiy resurslardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan yangi energiya saqlash yechimlari, ham kengroq energiya xavfsizligini kafolatlaydi, ham ko'proq mamlakatlarga dekarbonizatsiya jarayoniga qo'shilish imkonini beradi.
Laboratoriya miqyosidagi natriy-oltingugurt batareyalar Sidney universitetining kimyo muhandislik inshootida muvaffaqiyatli ishlab chiqarilgan va sinovdan o'tgan. Tadqiqotchilar endi ushbu turdagi batareyani yanada yaxshilash va tijoratlashtirishni rejalashtirishmoqda.