Changyutgich tanlashda e’tibor qaratish kerak bo’lgan 6 jihat
Changyutgich mehmonxonalar, ofislar, do’konlar va fabrikalar kabi ish joylari uchun juda muhim tozalash vositasidir. Bugungi kunda ushbu qurilmasiz toza va xavfsiz muhitni yaratish juda ham qiyin ish.
Bugun do’kon va bozorlarda changyutgichning turfa xil turlari mavjud. Masalan, quruq va nam vakuumli changyutgichlar, gilam uchun ishlatiladigan changyutgichlar, maxsus va sanoat changyutgichlari. Ushbu texnik qurilmani to’g’ri tanlash uchun qanday jihatlarni hisobga olish kerakligini bilish juda muhim hisoblanadi.
Tanlovda eng asosiy e’tibor qaratilshi kerak bo’lgan narsa bu qurilmaning nima uchun ishlatilishini aniqlab olishdir. Asosan changyutgichning vakuumiga qarab ushbu qurilma tanlanadi. U qayerda qo’llaniladi, qancha muddatga kabi savollarga changyutgich sotib olishdan oldin albatta javobingiz bo’lishi kerak.
Aslida, ehtiyojlarga qarab changyutgich tanlash quyidagi uchta omilni hisobga olishni anglatadi:
- Changyutgich foydalaniladiagn atrof-muhitning turi va o’lchami;
- Changyutgich yig’adigan qoldiqlarning turi va miqdori;
Ushbu omilni aniqlab olganingizdan so’ng, turli modellarni solishtirish uchun ma’lum texnik xususiyatlarni baholash kerak. Masalan, qurilmaning umumiy o’lchami, vazni, elektr quvvati sarfi, shovqin darajasi va filtrlash tizimi xususiyatlari.
Keling, changyutgichning samaradorligiga ta’sir qiluvchi ba’zi muhim texnik va funksional xususiyatlar bilan tanishamiz, ularning eng asosiylari:
1. Vakuum quvvatini ishlashini tekshirish
Vakuum quvvatinining ishlash jarayonini tekshirish uchun 2 ta asosiy ko’rsatkich mavjud. Bular suv ko’tarish darajasi va havo haydash oqimidir.
Suv ko’tarish darajasi mmH2O (1 millimetr suv ustuni) yoki kPa (kilopaskal) o’lchov birliklari bilan o’lchanadi. Bu assimilyatsiya kuchini ifodalovchi va suyuqliklar va metal parchalarini changyutkichdan tozalash uchun ishlatiladigan parametrdir.
Havo haydash oqimi esa m3/soat yoki L/s (1 litr sekund) o’lchov birliklarida o’lchanadi. Bu changyutgich foydalanadigan havo hajmini ifodalaydi va chang, yengil materiallarni so’rish uchun ishlatiladigan parameter hisoblanadi.
2. Dvigatel quvvati
Changyutgich dvigateli quvvati vatt, kVt (kilovatt) yoki ot kuchi bilan o’lchanadi. Bu o’lchovlar miqdori va kuchi changyutgich jihozlangan motorlarning soniga va turiga bog’liq. Nechtalik motorli changyutgich tanlash kerakligi, ushbu motor quvvati so’riladigan chang va qoldiqlar miqdoriga to’g’ri proporsionalligiga qarab aniqlanadi.
Odatda 2 turdagi motorlar qo’llaniladi: 1 bosqichli yoki 2 bosqichli. Bir bosqichli motorlar havo oqimining ko’pligi, ikki bosqichli motorlar esa vakuumning kattaligi bilan tavsiflanadi.
3. Shovqin darajasi
Ushbu jihat detsibelda o’lchanadi va baholanishi shart bo’lgan muhim parametrdir. Bu qurilmaning samarali ishlashiga aloqasi bo’lmasa ham qulaylikka ta’sir qiluvchi asosiy xususiyatlardan biri.
4. Dizayn va tuzilish
Tahlil qilinishi lozim bo’lgan yana bir narsa bu tuzilishdir. Qurilmaning og’irligi, o’lchamlari, ishlatish mumkin bo’lgan maksimal masofa va manyovr qobiliyati bilan tavsiflanadi.
Umumiy o’lchamlar va vazn model va muhitga qarab farqlanadi. Agar changyutgich g’ildirakli bo’lsa va ofislar, do’konlar kabi hududlarda foydalanilsa, u qadar og’ir bo’lmasligi kerak. (maksimal 10 kg) Changyutgich elektr ta’minoti kabelining uzunligi ham muhim ahamiyatga ega. Odatda minimal 8 metrlik kabelga ega bo’lgan qurilmani tanlash tavsiya etiladi va bunday turdagi qurilma keng doiradagi harkatlarni kafolatlaydi.
Baholash kerak bo’lgan yana bir jihat bu qurilmaning harakatlanishini ta’minlaydigan oyoq qismi bo’lib u g’ildiraksimon yoki aylanasimon bo’ladi. Misol uchun, tashqi muhitda qo’pol yuzalarga ega joylarda ishlatish uchun kata rezina qoplamali g’ildiraklari bo’lgan changyutgichlar afzal ko’riladi.
5. Filtratsiya tizimi
Deyarli barcha turdagi changyutgichlar bir qator yuqori samaraga ega filtrlar bilan jihozlangan bo’lib, ular qurilma tomonidan yig’ilgan chang va qoldiqlarning atrofga qaytarilishini oldini oladi.
Filtr xaltasini birinchi yig’ish elementi deb hisoblash mumkin. Odatda quruq vakuum tizimiga ega changyutgichlar yirtilishga va sinishga chidamli microfiber xaltalar bilan jihozlangan bo’ladi. Xaltaga qo’shimcha ravishda dvigatelni changdan himoya qiluvchi yuqori oqim filtri va changing atrof-muhitga qaytishini to’xtatuvchi quyi oqim filtri ham mavjud.
Yuqori samaradorlikni ta'minlash va vakuum funktsiyasini himoya qilish uchun davriy texnik tadbirlarni rejalashtirish va filtrlarni muntazam ravishda o'zgartirish kerak.
6. Qo’shimcha aksessuarlar
Odatda zamonaviy changyutgichlar turli ishlarni bajaruvchi qo’shimcha jihozlar bilan ta’minlangan bo’ladi. Changyutgichni tanlashda ushbu aksessuarlar soni va funksiyalarini tekshirish kerak. Eng ko’p uchrovchi qo’shimcha jihozlarga so’rish shlangi, yassi shlang, (ingichka va tor joylardagi changlarni yig’ishda), dumaloq cho’tka (nozik yuzalarni tozalashda), universal cho’tka (qattiq yuza va gilamlarni tozalashda), ho’l cho’tka (yuzadan suyuqliklarni yig’ishda foydalanladi) kiradi.
Xulosa, bozorda qo’llanilishi, ishlashi va texnik xususiyatlari bilan ajralib turadigan ko’plab changyutgichlar mavjud. Sotib olishda ushbu jihatlarga yaxshilab e’tibor qaratish orqali siz yaxshi mahsulotni tanlashingiz va unda samarali, uzoq muddat foydalanishingiz mumkin.