April 1, 2023

Targ'ibot tadbirlari Qashqadaryo viloyatida davom etdi

Xabaringiz bor, "O'zeltexsanoat" uyushmasi bir qator hamkor tashkilot va korxonalar bilan hamkorlikda respublikamiz bo'ylab, mahalliy tadbirkorlarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan bir qancha elektrotexnika mahsulotlari taqdimotini tashkillashtirib kelmoqda.

Bu safar voha viloyatlariga tashrif buyurgan uyushmasi "Mahalliylashtirish, kooperatsiyani kengaytrish va importni optimallashtirish" boshqarmasi ma'sul xodimlari kuni kecha Qashqadaryo viloyatida targ'ibot tadbirini tashkillashtirdilar.

Uyushma, viloyat hokimligi mutasaddilari, hamkor tashkilotlar va korxonalar ma'sul xodimlari ishtirok etgan tadbirda, viloyat fermer, dehqon xo'jaliklari, ijtimoiy soha obyektlari vakillari uchun quyidagi mavzularda taqdimotlar qilindi:

๐Ÿ”Š mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan katta hajmli muzlatgichlar, ko'mirda ishlaydigan issiqlik energiyasi jihozlari;

๐Ÿ”Š elektrotexnika mahsulotlarini sotib olishda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar (imtiyozli kreditlar, subsidiyalar);

๐Ÿ”Š davlatimiz rahbarining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va yashil energiya manbalaridan foydalanib qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishga oid qarorlari.

"O'zeltexsanoat" uyushmasi a'zolari hisoblangan "Texnopark", "Smart", "Komfort" isitish qozonlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mutaxassislari 250 dan ortiq tadbir ishtirokchilariga o'z mahsulotlariga oid atroflicha ma'lumotlarni berib o'tdilar.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda respublikada yetakchiligi, ammo oziq-ovqatni saqlash bo'yicha barcha salohiyatlar ham qo'llanilmayotganligi ta'kidlandi. Har bir viloyatda servis markazlariga ega muzlatgich omborlaridan foydalanish viloyat fermer, dehqonlariga va umuman xalqimizga yaxshi daromad ko'rish, aholini rozi qiluvchi narx-navo darajasini ta'minlash imkonini berishi haqida alohida fikr yuritildi.

3 yillik kafolat, davlat tomonidan subsidiyalar ajratilishi, 14 %lik imtiyozli kreditlar va boshqa shunga o'xshash ma'lumotlar ko'plab ishtirokchilarda mahsulotlarni xarid qilishga qiziqish uyg'otdi. Tadbir so'ngida, muzlatgich ombori va ko'mirda ishlaydigan issiqlik manbai jihozlarining ko'rgazmasi tashkil etildi va barcha o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.