April 13, 2023

Bolalarda uchraydigan saraton kasalligini davolash uchun dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha global platforma

2023-yilning 12–13-aprel kunlari AQSHning Memfis shahrida saraton kasalligiga chalingan bolalarni dori-darmon bilan ta’minlash bo‘yicha Global platformani ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish masalasiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

2021-yil 13-dekabrda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va AQSHdagi Muqaddas Iuda bolalar tadqiqot shifoxonasi (St Jude Children's Research Hospital) butun dunyo bo‘ylab bolalar saratoniga qarshi dori vositalaridan foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada kengaytiradigan global tashabbus rejasini e’lon qildi. Bu «Dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha global platforma (GPACCM). Bu ushbu mavzudagi birinchi platforma 2027-yilgacha 50 ta mamlakatlarda taxminan 120 000 bolani moliyaviy qiyinchiliklarsiz xavfsiz, samarali va sifatli saratonga qarshi dori-darmonlar bilan ta’minlashga yordam berishga qaratilgan.

Forum dori vositalarini muvaffaqiyatli yetkazib berish va platformani ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rishda yetakchilik va yondashuv tamoyillarini aniqlash bo‘yicha birgalikda ish olib borish uchun turli mamlakatlardan, bolalarda uchraydigan saraton kasalliklarini davolash uchun dori vositalaridan foydalanish imkoniyati masalasiga jalb qilingan tashkilotlar va keng ekspertlar doirasidan iborat hamkorlarni birlashtirdi. Forum bolalarda uchraydigan saraton kasalliklariga qarshi dori vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq ehtiyojlarni qondirish uchun ilg‘or tajriba va strategiyalar almashinuviga yordam beradi. Bu ishtirokchilarga platforma jarayonlarini, uning tajriba bosqichida va undan keyingi davrda amalga oshirilishini optimallashtirish uchun birgalikda ishlab chiqish imkonini beradi.

Bugungi kunga kelib, platformada ushbu bosqichda taqdim etiladigan dori vositalarining to‘liq ro‘yxati belgilandi. Dunyoning olti davlati, jumladan, O‘zbekiston birinchi bosqichda bolalar saratoniga qarshi asosiy dori vositalarini oladi. Ushbu dori-darmonlar topshirilishi platformaning 2023-yil sentabr oyida (shartli ravishda) rasmiy ishga tushirilishiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston Bolalar saratoni bo‘yicha global tashabbus bo‘yicha birgalikda ish olib borish va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan yaqin hamkorlikda, shuningdek, mamlakat siyosiy rahbariyati tomonidan bolalar saratoniga qarshi kurashga e’tibor qaratilishida muvaffaqiyatlarini namoyish etgan dastlabki olti davlatdan biri sifatida tanlandi.

Mazkur forumga O‘zbekiston delegatsiyasi taklif qilingan bo‘lib, u barcha sessiyalar ishida faol ishtirok etdi.

Bu platforma har bir avlod uchun bir marta beriladigan imkoniyat bo‘lib, u sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham, aholi uchun ham kengroq afzalliklar bilan bolalar saratonini davolashga yondashuvni o‘zgartirishga imkon beradi.