July 5, 2023

Bunday ishlar bir kun kelib birinchi marta sodir boladi

Birinchi marta, nima bo'lishidan qat'iy nazar: birinchi qadam, birinchi so'z, birinchi sinf yoki birinchi amaliyot — birinchi tajriba xotirada mustahkamlanadi va hayotimiz davomida doimo yodimizda qoladi.

MTO gaz-kimyo majmuasida internlar uchun birinchi amaliyot qanday taassurot qoldirdi?

Ushbu maqolada biz GCC MTO-ga kirish yo'lini bosib o'tgan stajorlarning eng halol sharhlarini to'pladik.

Ishning birinchi kuni odatda nafaqat stajorlar, balki kompaniyaning yangi xodimlarini ham turli his-tuyg'ulardan iborat ahoyib holatga tushiradi.

Birinchidan, bu hayajon hissi. Stajorlar qanchalik yaxshi tayyor bo'lishidan qat'i nazar, birinchi kun har doim noma'lumlikni hisobga olgan holda biroz tashvish -hayajon bilan birga boshlanadi. Ko'pincha, hayajon savollar zaminida paydo bo'ladi: ular jamoaga mos tushadimi, yangi muhitga qanchalik tez ko’nikadi, shuningdek, rahbarlarining va ozlarining ishonchini qanchalik oqlay oladilar kabi va hokazo...

Amaliyotingizning birinchi kuni qanday o'tdi?

Amaliyotning birinchi kuni juda yaxshi o'tdi: bizni bo'limga olib bordilar, MTO brendiga tegishli narsalarni topshirib bizni ofis bo'ylab ekskursiya qildirilar, ish joyimizni ko'rsatdilar va ish uchun zarur bo'lgan narsalar ; noutbukdan tortib qalamgacha, taqdim etdilar.
Sevara Rahimjanova. Jamoatchilik bilan aloqalar departamenti.
Birinchi kuni jamoa meni iliq kutib oldi. Men ish yuritish tizimining uyg'unligi va rahbarning vazifalarini tezkor usulda yechimini topishi va taqsimlashidan hayratda qoldim. Dastlab open spacening shovqini biroz qo’rqinchli tuyulgani bilan,bir paytning o’zida ishga tobora shung’ishimga chorladi.
Mirfayz Muzafarov. Korporativ huquq departamenti.
Umuman olganda amaliyotning birinchi kuni yaxshi o'tdi. Ma’lum bir vazifa yo'q edi, faqat ish joyi, jamoa va shunga mos ravishda MTO faoliyati bilan tanishish kuni bo’ldi.
Matniyazov Marsel. Iqtisodiyot va moliya departamenti.

Stajorlar odatda ishning birinchi kunida boshdan kechiradigan ikkinchi tuyg'u - bu qiziqish va kompaniya uning madaniyati haqida ko'proq ma'lumot olish istagidir. Ular tashkilotning markazida qanday qadriyatlar va tamoyillar borligi, rivojlanish uchun qanday imkoniyatlar berilayotgani va ularga qanday umidlar qo'yilayotgani bilan qiziqishlari mumkin.

— Amaliyotdan qanday umidlaringiz bor edi?

Men — birinchi ish qanday bo’lishini bilishni hohladim. Shuningdek, men yangi texnologiyalarni o'zlashtirishni, qiziqarli odamlar bilan tanishishni va yangi g'oyalarni o'rganishni xohladim. Natijada, barcha umidlar amalga oshdi!
Shodiyev Bahouddin. Axborot texnologiyalari departamenti.
Mening umidlarim to'liq va batamom amalga oshdi. Qulay ofis, do'stona jamoa, rahbarlar xatolarga sabr-toqat bilan munosabatda bo'lishdi va zarur bo'lgan hamma narsani o'rgatishga tayyor edilar. Renata Absalyamova. Muhandislik va texnik departamenti.
I came to the GCC family without any expectations. All I wanted to do is work on myself and improve as I am entering the stage of life where we our homework, classwork, classmates, sessions and lectures are replaced by meetings, tasks, colleagues and generally just work. Looking back at the decision I made about joining the GCC MTO family, I can confirm that I made a great decision as it has empowered me to accelerate and make an easy jump from university to work-life. Grateful for the family, working to make our family proud!
Islomjonov Ulug'bek. Marketing departamenti.

Ishning birinchi taassurotlari kompaniya haqidagi umumiy tushunchani shakllantiradi va xodimning amaliyot davomida ishlashga bo'lgan munosabatini belgilaydi. Birinchi ijobiy taassurotlar motivatsiyani oshiradi va g'ayratni saqlaydi. Agar stajor o'z hissasini qimmatli deb hisoblasa va uning sa'y-harakatlari bekor emasligini his etsa, unda uning motivatsiyasi keyingi bosqichga ko'tariladi va u o'z ishiga ko'proq energiya sarflashga tayyor bo'ladi.

— Amaliyotdan qanday taassurotlar oldingiz?

Taassurotlarim qimmatli tajriba va bilim, shuningdek, rahbariyatning to'liq qo'llab-quvvatlashi va ularning to'g'ri maslahatlari tufayli ijobiydir. Mahmurov Javohir. Iqtisodiyot va moliya departamenti.
Men amaliyotdan ijobiy taassurot oldim va umuman olganda: bu 3 oyning hammasi yaxshi o'tdi. Shadmanov Behzod. Iqtisodiyot va moliya departamenti.
Bir so'z bilan aytganda: qiziqarli Maxsudov Behzod. Marketing departamenti.

MTO gaz-kimyo majmuasida amaliyot o'tash ushbu sohada qimmatli ish tajribasiga ega bo'lish, kasbiy va shaxsiy ko'nikmalaringizni rivojlantirish, shuningdek, kasbiy ufqingizni kengaytirish imkoniyatini beradi. Ushbu tajriba yosh mutaxassisning keyingi faoliyati uchun juda qimmatli bo'ladi va unga gaz kimyosi sohasida muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi.

— Amaliyotdan qanday qimmatli tajribaga ega bo'ldingiz?

Ishbilarmonlik aloqalari, biznes yozishmalari, korporativ madaniyat va, albatta, yangi bilimlar. Hasanov Jahongir. Iqtisodiyot va moliya departamenti.
Yangi texnologiyalarni o'rgandim va ular ustida bir nechta loyihalar qildim. Men korporativ aloqa tajribasiga ega bo'ldim , ko'plab qiziqarli va ijobiy odamlar bilan tanishdim. Shodiyev Bahouddin. Axborot texnologiyalari departamenti

Shu bilan, aziz do'stlar, biz GCC MTOdagi so'nggi amaliyot haqidagi hikoyani yakunlaymiz.

MTO gaz-kimyo majmuasida amaliyotni tamomlagan barcha stajorlarga kelajakda faqat yo‘lning eng yoqimli va muvaffaqiyatli rivojlanishini tilab qolamiz! Amaliyot davomida olingan tajriba va bilimlaringiz kasbiy faoliyatingizda yuksak marralarni zabt etishingizga yordam bersin. O'z sohangizning haqiqiy "gurusi" bo'lish uchun o'z mahoratingizni rivojlantiring va doimiy ravishda izlaning. Muvaffaqiyat va farovonlik yo'lida omad tilaymiz!