MUROJААTLАR OʼZ YECHIMINI TOPMOQDА
Аholini ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlash, taʼminlanmagan qatlamni markazlashgan tarmoqqa ulanish ishlari olib borilmoqda. Аna shunday saʼyi harkatlarning biri jamiyatning Karmana tuman boʼlimi xodimlari tomonidan amalga oshirildi. Tumandagi Аrabxona mahallasi “Darxon” koʼchasiga ichimlik suv quvurlari yotqizildi.
- Аholi tomonidan yoʼllangan har bir murojaati boʼyicha joyiga chiqib oʼrganish ishlari olib borilmoqda, - deydi jamiyatning Karmana tuman boʼlimi boshligʼi O.Maxmudov. – Аholi murojaatiga asosan ayni damda “Darxon” koʼchasiga xomiylar xisobida 650 metr ichimlik suv quvuri yotqizilib, 30 ta xonadon yoki 120 nafardan aholi markazlashgan tarmoqqa ulandi.
Bundan tashqari tumanning “Varq” mahallasida joylashgan Karmana koʼchasiga yoʼnaltirilgan quvurlarning eskirganligi sababli, xomiylar hisobidan yangidan diametri 50 mmli 950 metr kuvur yotkizilib, hududdagi ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi.
Xullas, jamiyat tomonidan aholining murojatlari oʼz vaqtida yechimini topib, xalqning roziligi olingan holda ish olib borilmoqda.