PILOT LOYIHА АMАLDА
Maʼlumki joriy yilning 2 avgustidan boshlab viloyatimizning Gʼozgʼon shahri, Qiziltepa hamda Tomdi tumanlarida ichimlik suv va kanalizatsiya xizmatlari uchun toʼlovlarni onlayn amalga oshirilishi boʼyicha pilot loyihasi ishga tushirildi.
Ushbu loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamiyatimizning Markaziy isteʼmolchilar boʼlimi boshligʼi Elbek Saxaddinovga yuzlandik.
Аssalomu aleykum Elbek Muhiddinovich pilot loyiha doirasida jamiyat tomonidan qanday ishlar amalga oshirildi?!
Xabaringiz bor pilot loyiha doirasida viloyatning 1 ta shahar va 2 tumani tanlov asosida olindi. Bular Gʼozgʼon shahri, Qiziltepa va Tomdi tumanlari. Hozirgi kunda har bir isteʼmolchi kesimida tushuntirish ishlari olib borilib, keng jamoatchilikka targʼibot ishlari samarali tashkil etilgan. Hududlarga biriktirilgan nazoratchilarning faqat xatlov va kuzatuv ishlari olib borishlari, suv oʼlchagich va xatlov hujjatlarini qogʼozda emas, balki onlayn kiritilishiga asosiy eʼtiborni qaratganimiz. Oʼz navbatida mobil ilova orqali kiritilgan har bir maʼlumot shaffofligi taʼminlanib, dasturga aniq maʼlumotlar kiritiladi. Bu albatta “Oʼzsuvtaʼminot” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan sohani raqamlashtirish orqali toʼlov intizomi va madaniyatini kuchaytirish, aholi tomonidan toʼlanayotgan toʼlovlarning shaffofligini yanada oshirish orqali korruptsion holatlarni oldini olish boʼyicha amalga oshirilgan saʼyi harakati desak boʼladi.
Pilot loyihasi doirasida tanlab olingan hududlarda isteʼmolchilar toʼlovlarni qanday amalga oshirishadi?! Shu haqida toʼxtalib oʼtsangiz?!
Yuqorida aytib oʼtganimdek sohani raqamlashtirish orqali korruptsion holatlarni bartaraf etish, toʼlovlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida foydalanilgan ichimlik suv va kanalizatsiya xizmatlarini onlayn toʼlov qilish funktsiyalari yaratilgan. Bunda respublikamizdagi Click, Paynet, U-PAY, Oson, PayMe, Apelsin elektron toʼlovlari, bank mobil ilovalari, pochta xizmatlari orqali va infokioskalarida toʼlov qilish mumkin. Bundan tashqari telegram platformasida @uzst_bot telegram boti orqali qarzdorlikni aniqlash, toʼlov qilish, suv oʼlchagich koʼrsatgichlarini joʼnatish, oldingi davrlarda uchun amalga oshirgan toʼlovlari toʼgʼrisida maʼlumotlarni olish imkoniyatiga ega. Bir soʼz bilan aytganda isteʼmolchi xizmat koʼrsatuvchi suv taʼminoti korxonasiga bormagan holda, masofada turib ushbu xizmatlardan foydalanishlari mumkin.
Loyihaga start berilganligiga ham bir oydan oshdi. Hozirgi kunda ushbu pilot loyihaning amaldagi samaradorligi haqida qisqacha aytib oʼtsangiz?!
Аgar raqamlarga eʼtibor bersangiz, xozirgi kunga qadar koʼrsatilgan xizmatlar uchun onlayn toʼlovlar oʼtgan yilning mos davriga qaraganda ancha oʼsdi. Bunda aholiga muntazam ravishda targʼibot olib borganimizning natijasidir. Loyiha start berilgan kundan boshlab, bugungi kunga qadar yaʼni 15 sentyabr holatiga 554,1 mln soʼm toʼlov onlayn amalga oshirilgan boʼlsa, bu oʼtgan iyulь oyiga nisbatan 285.1 mln soʼm koʼp degani. Аgar natijalarni tahlil qilsak, loyiha oʼzining birinchi bosqichdagi ijobiy natijasini bermoqda. Jumladan ushbu shahar va tumanlardagi isteʼmolchilar tomonidan toʼlovlarning mustaqil ravishda amalga oshirish hajmlari, toʼlov intizomi mustahkamlanib borayotganini anglash qiyin emas.
Loyiha doirasida tanlab olingan hududlarda toʼlov intizomiga rioya qilmagan isteʼmolchilarga nisbatan jamiyat qanday taʼsir choralarini koʼra oladi?
Maʼlumki Oʼzbekiston Respublikasi VMning 194-sonli qarorida koʼrsatilganidek isteʼmolchilar keyingi oy uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq toʼlovlarini amalga oshirmagan taqdirda, jamiyat tomonidan isteʼmolchilarni yozma ravishda xabardor qilgan paytdan boshlab besh ish kuni oʼtgandan keyin qarzlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud orqali oʼndirishga qaratiladi hamda tarmoqdan vaqtincha uzib qoʼyiladi. Hozirgi kunga qadar 52 ta ana shunday toʼlovlarni oʼz vaqtida amalga oshirilmagan isteʼmolchilarni majburiy undirish yuzasidan sud organlariga xujjatlari topshirilgan boʼlsa, 22 ta qarzdor isteʼmolchilar qayta ogohlantirishga qaramay toʼlovlarni oʼz muddatida toʼlamaganliklari bois vaqtincha tarmoqdan uzib qoʼyilgan. Maʼlumot oʼrnida shuni qoʼshimcha qilishim mumkinki, tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilar bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan, oʼn baravarigacha miqdorida toʼlov amalga oshirgandan soʼng, qayta tarmoqqa ulanadi.
PS: Yuqorida aytilganlarning barchasini sarhisob qiladigan boʼlsak, barcha isteʼmolchilarimizdan ichimlik suvidan oqilona foydalanishlari, toʼlovlarni oʼz vaqtida amalga oshirishlari hamda noqonuniy holatlarga yoʼl qoʼymasliklari, suv taʼminotining uzluksiz faoliyat yuritishiga oʼz hissangizni qoʼshib, ichimlik suv va kanalizatsiya xizmatlaridan qarzdorlik vujudga kelishiga yoʼl qoʼymang deb qolamiz.