MUNOSABAT
Joriy yilning 10 oktabr kuni ijtimoiy tarmoq orqali tarqalgan murojaatga asosan mutahassislar joyiga chiqib, oʼrganishlar olib bordi va qoʼyidagilarni yozib maʼlum qilamiz.
Maʼlumki respublika miqiyosida “Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” Davlat dasturi doyrasida hududlarni ichimlik suv bilan taʼminlanlash boʼyicha jadal ishlar olib borilmoqda. Oʼz navbatida Navoiy viloyati Karmana tumani Bogʼishamol mahallasining “Shaboda” va “Doʼstlik 2” qishloqlariga jami 2 dona suv inshooti rekonstruktsiya qilinib, 11 km ichki tarmoqlar tortilib, qariyb 3 600 nafardan ortiq aholi ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlandi. Yana bir muhim jihati, bu yilgi dastur loyihasida tarmoqlar xonadonlarga suv hisoblagich orqali kiritilganligi quvonarli, albatta.
Murojaatda koʼrsatilgan “Boʼlmishsoy” koʼchasiga esa jami 10 km ichki tarmoqlar tortilishi koʼzda tutilgan boʼlib, ayni shu dasturga ajratilgan mablagʼ yetmaganligi sababli, hozirda 2022-2026 yillarga manzilli roʼyxat shakllangan boʼlib, “Boʼlmishsoy” koʼchasini ichimlik suv bilan taʼminlash ushbu yillardagi dasturga kiritilganligini maʼlum qilamiz. Аyni kunda taklif loyiha ishlab chiqilgan.
PS: Videoda koʼrsatilgan ko'chaga xomiylar xisobidan 400 metr ichki tarmoq tortilib, montaj ishlari olib borilmoqda.