27 TA MAHALLANING SUV TA’MINOTI TIKLANDI
Hududlarda nosozliklarni bartaraf etish orqali aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlash jamiyatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Kuni kecha soat 21:00 chamasida Qiziltepa tumani Soʼfiyon mahallasi hududidan oʼtuvchi diametri 415 mm li quvurda avariya holati yuzaga keldi.
- Soʼfiyon mahallasi hududidan oʼtuvchi «Yuqsin-Аrabon» magistral quvur orqali 27 ta mahallaga ichimlik suvi yetkazib beriladi, - deydi jamiyatning Qiziltepa tuman boʼlimi boshligʼi F.Gʼaniev. – Boʼlimning tezkor avariya guruhi bilan birgalikda malakali mutahassislar jalb qilinib, quvurning 1,5 metr nosoz qismi almashtirilib, avariya holatini bartaraf etdik.
Аlbatta, yuzaga kelayotgan har qanday ichimlik suviga bogʼliq avariya holatiga bugungi kunda har doim jiddiy qaralgan. Bundan tashqari hududlarda amalga oshirilgan ishlar natijasida ichimlik suv taʼminoti ham ancha yaxshilanganligi bilan ahamiyatlidir.