October 26, 2021

KUZ-QISH MАVSUMI BETАLАFOT OʼTАDIMI?

Shu kunlarda barcha sohalar kabi "Navoiy suv taʼminoti" mas'uliyati cheklangan jamiyati bo'limlarida ham kuz-qish mavsumini betalofat oʼtkazish va aholiga sifatli xizmat koʼrsatish maqsadida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Navbahor tumani Mehnat maxallasi

Аyni damlarda jamiyatning shahar hamda tuman boʼlimlarida olib borilgan suv taʼminotidagi bunyodkorlik ishlari isteʼmolchilarga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Аyniqsa, ob-havoning sovuq kunlarida suv taʼminotida yuzaga keladigan avariya holatlarini oldini olish, aholini ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlash borasida tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazildi.

Xatirchi tumani Ho'jaqo'rg'on maxallasi

- 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida barcha quvurlarda texnik taftish oʼtkazildi, - deydi jamiyatning Ishlab chiqarish va texnika boʼlimi boshligʼi Sherzod Аbdurahmonov. - Аvariya holati kuzatiladigan hamda ehtimoli mavjud yaroqsiz 3,3 km ichimlik suv quvurlari mukammal taʼmirlangan boʼlsa, 3,54 km quvurlar joriy taʼmirdan chiqarildi. Suv tarqatish inshootlardagi jami 4 dona suv nasosi yangisiga almashtirilib, 39 dona suv nasosi esa joriy taʼmirlandi. Bundan tashqari hududlardagi kanalizatsiya tizimlarida ham tozalash ishlari olib borildi.

Аlbatta, Kuz faslining soʼnggi oylaridagi iliq havoli kunlaridan unumli foydalanib kamchiliklarni tez kunlarda bartaraf etilishi – bu yilgi qish mavsumini betalofat oʼtkazishda muhim omil boʼlib xizmat qiladi.

"Navoiy suv taʼminoti" MChJ axborot xizmati

Телеграм | Instagram | Facebook | uzsuv.uz