“METAN”GA ICHIMLIK SUVI ETIB KELDI
Toza ichimlik suvi koʼpchilik tuman-u, qishloqlarda yashaydigan aholini qiynaydigan muammolar roʼyxati boshida turadi. Navbahor tumanining Pahtakor mahallasi hududlaridan biri “Metan” qishlogʼi qariyb 40 yilgacha toza ichimlik suvi yetib bormagan. Mazkur aholi punktida yashovchilarning asosiy ehtiyoji esa toza ichimlik suvi edi.
- Ichimlik suvini texnikada olib kelar, yoki uzoqlardan toshib keltirardik. Bundan ikki yil oldin koʼp murojaatlar qildik, - deydi biz bilan suhbatda Zohid Fayziev. – Murojaatimiz bugungi kunga kelib hal boʼldi. Qishlogʼimizga ichimlik suvi keldi. Аholi bunda juda mamnun.
Joriy yilda “Metan” qishlogʼini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida jamiyatning Navbahor tuman boʼlimi tomonidan homiylar mablagʼlari evaziga diametri 110 mm li 1.3 km ichimlik suv quvuri orqali, hududda yashovchi 30 ta xonadonda yashovchi ikki yuzga yaqin aholi ilk bor markazlashgan toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
PS: Endi “Metan”da uzoqlardan toza ichimlik suv tashib kelish mashaqqati boʼlmaydi.