October 8, 2021

ICHIMLIK SUVIDАN NOQONUNIY FOYDАLАNISH HOLАTLАR АNIQLАNDI

Bugungi kunda mamlakatimizda aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash boʼyicha bir qator dasturlar ishlab chiqilib, amalda tadbiq etilishi natijasida aholining toza ichimlik suviga boʼlgan ehtiyoji qondirilmoqda. Bir soʼz bilan aytganda suv taʼminoti xizmati yanada ortib borayotgani quvonchli holat, albatta. Biroq mavjud qonun talablari asosida rivojlantirish oʼrniga turli qonunbuzarlik yoʼllari bilan isteʼmolini qondirayotgan “isteʼmolchi”lar ham, afsuski, uchrab turibdi.

“Navoiy suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Navbahor tuman boʼlimi va Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish Navoiy viloyati hududiy inspektsiyasi xodimlari bilan birgalikda isteʼmolchilar tomonidan ichimlik suvidan foydalanish qoidalari oʼrganilganda oʼgʼrilikning turli qingʼir usullardan foydalanayotganligi aniqlanmoqda.

Xususan, joriy yilning sentyabr oyida Navbahor tumani Yangi hayot mahallasi hududidagi isteʼmolchilarning ichimlik suvidan foydalanish qoidalari boʼyicha oʼrganish oʼtkazildi. Oʼrganish jarayonida, ushbu hududdagi “Boʼston” koʼchasida yashovchi fuqaro Yo.Raximov xonadoniga noqonuniy ichimlik suvi tarmogʼiga ulanib, qoʼshimchasiga qurilish ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, tumanning Qiziltepa mahallasi “Yashil togʼ” koʼchasida yashovchi fuqaro O.Yodgorov ham xonadoniga noqonuniy tartibda ulanib, qurilish ishlarida ichimlik suvidan foydalanib, suvni isrof qilayotganligi aniqlandi.

Tadbir davomida istemolchilarning xonadoni ichimlik suv tarmogʼidan uzilib, ularga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada jami boʼlib 3 101 120 soʼm miqdorda jamiyatga yetkazilgan zarar miqdori qayta hisob-kitob amalga oshirildi.

"Navoiy suv ta'minoti" MChj axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | uzsuv.uz