AHOLI MUROJAATLARI IJOBIY ECHIM TOPMOQDA
Mamlakatimizda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri. Hududlarda ayni ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar yurtdoshlarimiz farovonligiga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Shu oʼrinda aytish kerakki, aholi tomonidan yoʼllanayotgan murojaatlarning aksari toza ichimlik suvi muammosi bilan bogʼliq ekanligi maʼlum boʼlmoqda. Аholini qiynab kelayotgan ushbu muammolarga ijobiy yechim topish maqsadida “Navoiy suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shahar hamda tuman boʼlimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan Navbahor tumani Toshrabot mahallasi Dovutota koʼchasiga diametri 76 mmli 470 metr uzunlikdagi ichimlik suv quvurlari yangidan tortilishi natijasida 32 ta xonadon ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan boʼlsa, Gʼazgʼon shahri Tumar mahallasi А.Navoiy koʼchasiga 374 metr uzunlikdagi suv quvurlari yangidan tortilib, natijada 15 ta ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
- Koʼp yillardan buyon toza ichimlik suvidan qiynalib kelardik, — deydi Navbahor tumanidagi «Toshrabot» mahallasi yashovchi Аbdusattor Rahmatullaev. – Murojaat qildik. Murojaatimiz oʼrganishdi, mana hal boʼldi. Natijada esa mahallamizdagi qariyb yuzga yaqin xonadonda toza ichimlik suvi oqmoqda.
Shu bilan bir qatorda Karmana tumani Oʼzbekiston mahallasi Beruniy koʼchasiga kiruvchi diametri 100 mmli suv quvurining 15 metr yaroqsiz qismi yangisiga almashtirildi. Qisqa muddat ichida ushbu nosozliklar bartaraf etilib, koʼchadagi 28 ta xonadonning suv taʼminoti qayta tiklanadi.
Tomdi tumanidagi “Sharq” massivida yashovchi 1000 nafarga yaqin aholining toza ichimlik suvi borasidagi muammosi ham ijobiy hal etildi. Ushbu hududdga yoʼnaltirilgan diametri 200 mmli 210 metr uzunlikdagi ichimlik suv quvuri yangisiga almashtirib berildi.
Muhtasar qilib aytgan, jamiyat tomonidan aholining murojatlari oʼz vaqtida yechimini topib, xalqning roziligi olingan holda ish olib borilmoqda.