“Toshkent suv taʼminoti”:Oqqo‘rg‘on tumanidagi suv taʼminoti obyektlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga keltirilmoqda (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Toshkent viloyati “Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktorining topshirig‘iga asosan Oqqo‘rg‘on tumanidagi suv taʼminoti tizimini hamda oqova tarmoqlari obyektlarida amalga oshiriladigan rejali taʼmirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish maqsadida, tegishli mutassadi tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator chora-tadbirlar belgilab olingan.
Jumladan, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ tuman boʼlimi ishchi-xodimlari tomonidan:
– “Hosildor” MFY hududida 550 m diametri Ø76 mm li;
– “Xamzabod” MFY hududida 1200 m diametri Ø76 va diametri Ø50 mm li suv quvuri mukammal taʼmirlandi.
Natijada, 110 xonadonning ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi.
ESLАTMА: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, ular ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.