May 14, 2024

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Chirchiq shahar va Bo‘stonliq, Qibray, Yuqori Chirchiq, Parkent tumanlarida Sayyor qabul o‘tkazildi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJ rahbariyati, viloyat prokurori, Xalq qabulxonasi boshchiligida 2024-yil 14-may kuni Chirchiq shahar va Bo‘stonliq, Qibray, Yuqori Chirchiq, Parkent tumanlarida suv ta’minoti va oqova suv xizmati darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda aholini qiynab kelayotgan suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimidagi masalalar yuzasidan muammolar bo‘yicha jami 20 ta murojaat kelib tushgan.

Joriy yilning 14-mayda Chirchiq shahar va Bo‘stonliq, Qibray, Yuqori Chirchiq, Parkent tumanlarida o‘tkazilgan sayyor qabuldagi fuqarolarning murojaatlari yuzasidan nazorat rejasi tasdiqlandi.

Ishchi guruh tomonidan ushbu nazorat rejaga kiritilgan murojaatlarni belgilangan muddatdan kechiktirmay bajarilishi yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Chirchiq shahri – 4 ta murojaat

Bo‘stonliq tumani – 2 ta murojaat

Qibray tumani – 4 ta murojaat

Yuqori Chirchiq tumani – 4 ta murojaat

Parkent tumani – 6 ta murojaat

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat