“Toshkent suv taʼminoti” MChJ hamda uning shahar va tuman bo‘limlari tomonidan “Obodonlashtirish oyligi” o‘tkazilmoqda (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ hamda uning shahar va tuman bo‘limlari tomonidan 2023-yil 30-iyuldan 30-avgustgacha “Obodonlashtirish oyligi” o‘tkazilmoqda.
Jamiyat ishchi-xodimlari har yili mustaqillik bayramini o‘zgacha shukuh, mehr-muhabbat, xush kayfiyat bilan kutib oladi.
Bu yil ham mamlakatimizda Istiqlolimizning shonli sanasini munosib qarshilash uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Xususan, hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etilmoqda.
Suv inshootlarini tartibga keltirish va nasos agregatlarini joriy ta'mirlash ishlarini yanada jadallashtirilmoqda.
Shuningdek, daraxtlar va bordyurlar oqlandi, ariq-zovurlar xazonlar olindi va xududlar begona o‘tlarlan tozalandi.
Viloyatdagi mavjud 10 ta oqova suv tozalash inshooti ishchilari tomonidan inshootda obodonlashtirishni tartibga keltirish bo‘yicha kunlik ish tashkil etilmoqda. Erta tongdan obodonlashtirish ishlari olib borilib, bardyorlar oqlandi, xududlar begona o‘tlardan tozalandi, chiqindilar tashib ketilmoqda.