“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Bo‘stonliq tumani “Namuna” MFYda O‘zgarish qo‘chasidan o‘tgan diametri Ø25 mm li polietilen ichimlik suv quvuri ta’mirlandi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Bo‘stonliq tumani filialiga “Namuna” MFYda O‘zgarish qo‘chasida istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda 1 fevral kuni murojaat kelib tushgan.
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” MChJ direktori topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bo‘stonliq tumani filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan mazkur murojaat joyiga chiqilib, o‘rganildi.
Bo‘stonliq tumani filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan:
diametri Ø200 mm markaziy ichimlik suv tarmog‘idan aholiga tortilgan O‘zgarish qo‘chasida diametri Ø25 mm ichimlik suv quvuri ta’mirlandi.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat