October 12, 2023

“Toshkent suv ta’minoti”: Shahar va tumanlarda toza ichimlik suvidan bo‘lgan qarzdorlikni undirish ishlari olib borilmoqda (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Bugun kunda toza ichimlik suvidan bo‘lgan qarzdorlik kunning yechimini kutib turgan eng dolzarb mavzulardan biriga aylandi.

“Toshkent suv ta’minoti” MCHJ va uning shahar va tuman filiallari tomonidan iste’molchilar orasida to‘lov intizomini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib bormoqda.

Xususan, “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ va uning shahar va tuman filiallarida ichimlik suvdan debitor qarzdorligini undirilishi bo‘yicha SHTAB tashkil etilgan.

Afsuski, iste’molchilar orasida o‘ziga tegishli xulosa chiqarmayotganlar topilmoqda. Ularga bir necha bor ogohlantirilishlariga qaramay, to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishmayapti.

Bu esa, MCHJ va uning filiallari tomonidan amaldagi tartiblarga binoan tarmoqdan uzib qo‘yilishiga sabab bo‘lyapti.

“Toshkent suv ta’minoti” MCHJ va uning shahar va tuman filiallari tomonidan ichimlik suvidan bo‘lgan qarzdorlikni undirish maqsadida har bir xonadonga eshik qoqib borishga majbur bo‘lishmoqda.

FOTOLAVHALAR

ESLАTMА: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, ular ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foizoldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Apelsin kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat