August 16, 2023

“Toshkent suv ta’minoti” MChJning shahar va tuman filiallarida “Obodonlashtirish oyligi” davom etmoqda. Fotoalbom – 1

Bosh sahifa | Русский язык

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ hamda uning shahar va tuman filiallari tomonidan 2023-yil 30-iyuldan 30-avgustgacha “Obodonlashtirish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Bugungi kunda belgilangan tadbirlar doirasida 22 ta shahar va tuman suv ta’minoti filiallariga qarashli oqova hamda suv inshootlari egallab turgan yer maydonlari obodonlashtirilib, tartibga keltirilmoqda. Ushbu oqova va suv inshootlaridagi bino-inshootlarning fasad hamda ichki qismlarida pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, tadbirlar doirasida 61 ta ichki yoritish tizimi ta'mirlanib, 15 000 dan ortiq daraxtlarni oqlash va shakl berilib, 11 500 km ichki ariqlar va meliorativ kollektorlar tozalanib, atroflari obodonlashtirildi.

FOTOLAVALBOM

Yangiyul shahar filiali Niyozbosh suv inshootida obodolantirish ishlari
Angren shahar filiali Navro‘z STI
Chinoz tumani Yangi chinoz 3-suv inshootida obodolantirish ishlari
Bo‘stonliq tumani 3-suv inshootida obodolantirish ishlari
Olmalik shahar Sartamgali suv inshootida obodolantirish ishlari
Chirchiq shahar filiali 4-nasos suv inshootida obodolantirish ishlari

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat