“Toshkent suv taʼminoti”:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–408-sonli Qaroriga muvofiq, Chirchiq shahridagi mahallalar infratuzilmasi yanada yaxshilanmoqda (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ–408-sonli qarori ijrosini taʼmilash maqsadida, yangi ichimlik va oqova suv quvurlari infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
1. “Navbahor” MFY hududida 4,45 km oqova suv quvurlarini qurish ishlari rejalashtirilgan. Hozirgi kunda 4,1 km oqova suv quvuri yotqizilgan hamda koʼmish ishlari bajarilgan.
Reja boʼyicha jami 75 dona quduq (kolodets) oʼrnatilgan.
Pudratchi tashkilot: “FAST QUALITY BUILDING” MChJ
2. “Birlik” MFY hududida 6,0 km uzunlikda ichimlik suv quvurlarini qurish ishlari rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda 6 km ichimlik suv quvuri yotqizilgan. Reja bo‘yicha jami 49 dona quduq (kolodets) o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan amalda 47 dona dona quduq (kolodets) o‘rnatilgan.
Reja bo‘yicha 280 ta isteʼmolchilarga xonadonlargacha ulanish ishlari rejalashtirilgan, amalda 240 ta xonadonga ichimlik suvi olib kirilgan.
Jami 33 ta gidrantlar o‘rnatish ishlari o‘rnatildi. Ushbu hududda asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
“Birlik” MFY hududida 0,45 km uzunlida oqova quvuri yotqizildi.
Pudratchi tashkilot: “ShАXRUZBEK XАLIMJON QURILISh” MChJ
3. “Gulzor” MFY hududida 0,529 km oqova suv quvurlarini qurish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda 0,529 km oqova quvuri tashlandi.
Ushbu hududda ko‘mish ishlari yakunlangan bo‘lib, qum shag‘al tashlangan. Reja bo‘yicha jami 11 dona quduq (kolodets) o‘rnatilgan.
Pudratchi tashkilot: “Mironshox Kapital Stroy invest” MChJ
4. “Maʼrifat” MFY hududida 2,72 km oqova suv quvurlari yotqizilgan.
Reja bo‘yicha jami 30 dona quduq (kolodets) o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan amalda 75 dona dona quduq (kolodets) o‘rnatilgan.
Shuningdek oqova suvlaring nasos inshooti (KNS) qurish ishlari yakuniga yetkazilgan.
Pudratchi tashkilot: “SАITBEK MEGА STROY INVEST” MChJ
5. А.Yassaviy MFY hududida 3.3 km oqova suv quvurlarini qurish ishlari rejalashtirilgan. Hozirgi kunda amalda 2,7 km oqova suv quvurlari yotqizilgan.
Reja bo‘yicha jami 52 dona quduq (kolodets) o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan amalda 34 dona dona quduq (kolodets) o‘rnatilgan.
Hozirgi kunda ushbu hududda qurilish ishlarini olib borish uchun quruvchilar tomonidan Toshkent viloyati Avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasiga markaziy avto yo‘lni kesib o‘tish uchun ruxsatnoma olish talab etilmoqda.
Pudratchi tashkilot: “MEMOR KOMMPLEKS” MChJ
Ushbu obyektlarida loyiha ishlari “SMART ARCHING” MChJ tomonidan olib borilgan.