“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: jismoniy va yuridik shaxslardan 2645 ta murojaat kelib tushdi (2024-yil yanvar-iyun holatiga)
Bosh sahifa | Русский язык
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ–445-son Qonuni va mazkur Qonun asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son Qarori qabul qilingan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ijro intizomi bo‘limi ish faoliyati shu Qonun va Qaror talablari asosida tashkil etilgan.
“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJga va bo‘ysunuvdagi shahar, tuman filiallarga joriy yilning II-chorak (yarim yillik) davomida jami bo‘lib, 2645 ta murojaatlar kelib tushgan.
2023-yilda 3132 murojaatlarlar (yanvar-iyun holatiga) kelib tushgan. 487 ta murojaat kamaygan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi (“O‘zsuvta’minot” AJ) orqali 2024-yil II-chorak (yarim yillik)da 2 464 ta, 2023-yilda esa 2 683 ta murojaat rasmiylashtirilgan:
“O‘zsuvta’minot” AJ raisining topshirig‘i hamda “TOSHKЕNT VILOYATI SUV TA’MINOTI” AJ direktori tomonidan tasdiqlangan reja grafikga asosan joriy yilning may-iyun oylarida Toshkent viloyatida “O‘zsuvta’minot” AJ, “TOSHKЕNT VILOYATI SUV TA’MINOTI” AJ rahbariyati tomonidan, jami 15 ta sayyor qabul o‘tkazildi 69 ta fuqaro ishtirok etdi.
“O‘zsuvta’minot” AJ raisi o‘rinbosari T.Xaydarov hamda direktor o‘rinbosari A.Eshpulatovlar tomonidan joriy yilning 16-mayida Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilib 14 ta murojaat rasmiylashtirilib, shunlan 10 tasi joyida ijobiy xal qilinib, 4 ta murojaat nazoratga olingan edi va hozirda 2 ta murojaat ijobiy yechim topgan hamda 2 ta murojaat OTB loyihasi asoida amalga oshirilishi tushuntirish berilib hal qilindi.
“TOSHKЕNT VILOYATI SUV TA’MINOTI” AJ rahbariyati tomonidan 2 ta shahar-tumanda o‘tkazilgan bo‘lib, 22 ta murojaat rasmiylashtirilib, shundan 18 ta ijobiy, 2 tasiga joyida tushuntirish va 2 tasiga huquqiy ma’lumot berish orqali xal qilindi.
“TOSHKЕNT VILOYATI SUV TA’MINOTI” AJ shahar-tuman filial rahbarlari tomonilan 12 ta o‘tkazilgan bo‘lib 33 ta fuqaro ishtirok etib shundan 37 tasi ijobiy xal qilinib, 16 tasi tushuntirish berish orqali xal qilindi.
Sayyor qabullarda jarayonida ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozliklarni bartaraf qilish, tarmoq tortish, qarzdorlikni qayta xisob-kitob qilish, ichimlik suvi berish grafiklari xamda ish xaqi masalarida murojaat qilingan 69 ta fuqarolardan 67 ta fuqarolarning murojaatlari jamiyat tomonidan ijobiy xal qilib berilib, 22 ta murojaat tushuntirish ishlari olib borilgan va fuqarolar tomnidan o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Izoh: bir fuqaro tomonidan 2-3 ta masala ko‘tarilgan bo‘lib, murojaat yuzasidan tegishli javob berilgan.
Rahbariyati tomonidan aholi muammolari o‘rganilmoqda va joylarda o‘z yechimini topmoqda.
Faoliyat yo‘nalishi va tahlil qilib, joylarga chiqib hamda hal etish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Bu borada matbuot (axborot) xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlar (O‘zbekiston-24, Mahalla, Nurafshon viloyat telekanali), va kelib tushayotgan tizimli muammolarni aniqlab, murojaatni o‘rganib rasmiy ijtimoiy tarmoqlar, telegramm kanallari orqali munosabaat bildirilmoqda.
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat