“Toshkent viloyati suv ta’minoti”: Bekobod shahrida sayyor qabul o‘tkazildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ direktori tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan va tasdiqlangan Ommaviy sayyor qabullar jadvaligan asosan, 2024-yil iyun oyida Bekobod shahrida aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda aholini qiynab kelayotgan uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqova suv tizimidagi masalalar yuzasidan muammolar bo‘yicha murojaatlar o‘rganilib, joyiga chiqqan holda yechim topmoqda.
Bekobod shahrida 3 ta murojaat rasmiylashtirildi:
Allayarov Abduxoliq Abdujalilovich – Bekobod shahar filialiga qarashli bo‘lgan oqova suv quvurini ta’mirlashda amaliy yordam so‘radi.
Shermatov Abdunazar – Xonadonidagi oshxona va xojatxonaga o‘rnatilgan suv hisobdonini 1ta qilishda amaliy yordam so‘radi.
Xolmuratova Mashxura – Noreal qarzdorlik to‘g‘risida.
3 ta murojaat bo‘yicha joyida tegishli tushintirish berildi.
“Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJ direktori tomonidan sayyor qabullarda nazorat rejaga kiritilgan murojaatlarni belgilangan muddatdan kechiktirmay bajarilishi yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat