“Toshkent suv taʼminoti”: Аloqa kanallari orqali Аngren shahri va O‘rta chirchiq tumanidan korruptsiya holatlari fosh etildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminov rahbarligida tuman va shaharlarda suv va oqova tizimida korruptsiyaga qarshi kurashishda olib borilayotgan faoliyatni yanada takomillashtirish va turli huquqbuzarlik, talon-tarojliklarni oldini olishga hamda komplaens nazorat tizimini samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar keng ko‘lamda davom ettirilmoqda.
Tizimda olib borilayotgan nazorat profilaktika ishlari va buning natijasida MChJ direktori tomonidan ko‘rilayotgan turli huquqiy va intizomiy choralarga qaramasdan ayrim tuman va shaharlarda suv va oqova tizimida ishchi-xodimlar o‘z lavozim yo‘riqnomalariga rioya qilmaslik holatlari uchramoqda.
Bu borada “Toshkent suv taʼminoti” MChJ komplaens nazorat xizmati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan aloqa kanallari samarali natijalarga erishishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Misol uchun, kelib tushgan maʼlumotlarga asosan “Toshkent suv taʼminoti” MChJ Аngren shahar bo‘limi “Isteʼmolchilar bo‘limi” inspektori N.Z. o‘z hududiga tegishli bo‘lgan G.Ergashev ko‘chasida istiqomad qiluvchi xonadon egasidan ichimlik suvidan qarsdorligi sababli 800 000 (sakkiz yuz ming so‘m) miqdordagi pulni to‘lov qilib beraman deb olingan. 300 000 (uch yuz ming) so‘mni toʼlab, 500 000 (besh yuz ming) soʼmni oʼ‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan.
Bunday holat qayta takrorlanganlik sababli, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 312-moddasi 2-bandiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanib o‘rtacha oylik ish haqqining 30 foizi miqdorda jarima solindi.
Xuddi shunday, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ Аngren shahar bo‘limi “Isteʼmolchilar bo‘limi” inspektori K.F. o‘z hududiga tegishli bo‘lgan 6/4 dahasida istiqomad qiluvchi xonadon egasidan ichimlik suvidan qarsdorligi sababli 1080 000 (bir million sakson ming) so‘m miqdordagi pulni to‘lov qilib beraman deb plastik kartasini olgan. Isteʼmolchining murojaatidan so‘ng, inspektor K.F. plastik kartasini naqt pulga aylantirib, karta egasiga qaytarib berilgan.
Bu holat birinchi bo‘lganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 312-moddasi 2-bandiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanib o‘rtacha oylik ish haqqining 20 foizi miqdorda jarima solindi.
Shuningdek, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ O‘rta chirchiq bo‘limi “Isteʼmolchilar bo‘limi” inspektori Q.B. tomonidan 2022-yil oktabr oyida “O‘rtaboʼz” MFY Sayilgoh ko‘chasida istiqomad qiluvchi xonadon egasiga suv hisoblagich va tamgʼalarni o‘rnatib beraman deb, 700 000 (etti yuz ming) soʼ‘m naqd pulni o‘zlashtirib olingan.
2023-yil iyun oyi oxirida inspektor Q.B. tomonidan Sayilgoh ko‘chasida istiqomad qiluvchi xonadon egasining hisob raqamiga 700 000 (etti yuz ming) so‘m o‘tkazildi.
Bu holat birinchi bo‘lganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 312-moddasi 1-bandiga muvofiq, “xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Taʼkidlash joizki, fuqarolar, tuman va shaharlarda suv va oqova tizimida ishchi-xodimlari va isteʼmolchilar hamkorlik doirasida yuzaga keladigan korruptsion holatlar yoki Jamiyat masʼullari tomonidan qonunbuzulish va korruptsion holatlar sodir etilganda MChJ rasmiy sayti, komplaens nazorat tizimining +(99871) 202-14-15 ichki raqam 12 ishonch raqamiga maʼlum qilishingiz mumkin.
Murojaat, yo‘llaganlar shaxsi mutloqo sir saqlanishi kafolatlanadi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ komplaens nazorat xizmati boshlig‘i Ermuhammad Baykabilov