August 1, 2023

“O‘zsuvta’minot” AJ Boshqaruvi raisi Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi (Foto+video) 

Bosh sahifa | Русский язык

“O‘zsuvta’minot” AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi D. Azimov Toshkent viloyatida bo‘lib, sohada olib borilayotgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati, xodimlar faoliyati va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, “Nurafshon shahrida qurilayotgan 4000 kub metr/sutka oqova suv tozalash inshootini ishga tushirish hamda aholi yashash punktlarining ichki oqova suv tizimlarini tortish, oqova suv haydash (KNS) inshootlarini qurish” loyihasi asosida bunyod etilgan oqova suv inshootida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-3-iyun kunlari Toshkent viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019-yil 12-iyundagi tegishli topshirig‘iga asosan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha Nurafshon shahri aholisining oqova suv xizmatiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iborat.

Loyiha doirasida amalga oshirilgan va olib borilayotgan ishlarning samaradorligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga D.Azimov tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.

VIDEOLAVHA

FOTOLAVHALAR

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati