“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: “Ko‘chma Mexanizatsiyalashgan Korxona” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan ish-rejalari bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi (Foto+video)
Bosh sahifa | Русский язык
Kuni kecha, “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik suv ta’minotini qurish va qayta ta’mirlash (faza-2)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan, TP-CW-05 shartnomasining “Ko‘chma Mexanizatsiyalashgan Korxona” MCHJ oshirilayotgan ishlari yuzasidan navbatdagi yig‘ilish Yangiyo‘l tumani “Xalqobod” suv inshootida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Qurilish va investitsiya masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Eshpulatov, Jamiyatning Yangiyo‘l tumani filiali qurilish bo‘yicha muhandisi J.Jenisbekov, “KOMMUNALLITI” DM T. Alimboyev, “EPTISA” Texnik nazoratchi tashkiloti yetakchisi F.Murad Songur, Texnik nazoratchi tashkiloti yetakchisi o‘rinbosari B.Mirsaatov, Texnik nazoratchisi M.Baltayev, “Ko‘chma Mexanizatsiyalashgan Korxona” MCHJ loyiha menedjeri F.Shukurov ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
– Yangiyo‘l tumanidagi 2-faza 5-paket bo‘yicha “Xalqobod” suv inshooti rezervuari texnik tekshiruvi xulosasini buyurtmachi tomonidan taqdim etilishi;
– “Xalqobod” STIdagi 1000 kub metr xajimdagi ta’mirlanishi rejalashtirilayotgan rezervuar qurilishiga qo‘shimcha ustiga beton quyish ishini loyihaga qo‘shimcha tarzda kiritish;
– Loyihada ko‘rsatilgan STI-Nurobod, STI-Bobur va STI-G‘alaba hamda STI-Kanal bo‘yi suv inshootilari belgilangan yer maydonlarida qurilish uchun ruxsatnoma olinishi;
– Diametri 1,5 m bo‘lgan suv nazorat quduqlari ichidagi diametri 110 mm bo‘lgan ichimlik suv tarmoqlariga qo‘yiladigan demontaj stavkalarni o‘rnatish masalalarini qayta ko‘rib chiqish;
– STI “G‘alaba” va STI “Kanal bo‘yi” qurilishi bir hududda va va bir ko‘chada joylashganini hisobga olgan holda STI “Kanal bo‘yi” suv inshootini qurilish yoki bekor qilish masalasini qayta ko‘rib chiqish;
– STI “Xalqobod” suv inshooti himoya devorlari loyihada qayta ta’mirlash berilgan ammo yaroqsiz holatdaligini inobatga olgan holda yangidan himoya devor qurish masalasini ko‘rib chiqish;
– Loyihaga ichimlik suv tarmoqlarini gorizontal burg‘ulash usulida o‘tkazish bo‘yicha xulosa berilishi;
– Ichimlik suv quvurlarini temir qoliplarini (kojux) polietilen quvurlarga almashtirish bo‘yicha xulosa olish;
– STI “Nurobod”da quriladigan 500 kub metr xajimdagi 2 dona yangi quriladigan rezervuarlarni yig‘ma beton panellar o‘rniga monolit beton bilan qurish bo‘yicha muhokama;
– “Xalqobod” STIning mavjud rezervuarlari texnik tadqiqot xulosasi “KOMMUNALLITI” DM tashkilotga topshirish;
– “Ko‘chma Mexanizatsiyalashgan Korxona” MCHJ tomonidan “Xalqobod” STI rezervuari ustki qismi bo‘yicha texnik o‘zgarish tayorlash va Loyihachi tashkilotga taqdim etish;
– “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ kadastr bo‘limi va Yanigyo‘l tumani bo‘limi boshlig‘i tomonidan Yangiyo‘l tumani hokimligi bilan hamkorlikda yangi quriladigan suv inshootlari uchun ajratilgan yer maydonilari qarorlarini tayorlash;
– “Ko‘chma Mexanizatsiyalashgan Korxona” MCHJ tomonidan Suv nazorat qudug‘i ichidagi diametri 110 mm bo‘lgan ichimlik suv quvurlaridan demontaj postavkalarsiz montaj qilish bo‘yicha texnik o‘zgarish tayorlash va taqdim etish;
– “KOMMUNALLITI” DM “Kanal bo‘yi” suv inshooti qurilishini ko‘rib chiqish. “G‘alaba” suv inshootiga yaqin qurilganili sababli loyihadan olib tashlash bo‘yicha o‘z xulosasini bildirish"
– “Xalqobod” suv inshooti mavjud devorlarini qayta qurish yoki ta’mirlash bo‘yicha xulosa berish “KOMMUNALLITI” DM ga;
– “Ko‘chma Mexanizatsiyalashgan Korxona” MCHJ ga ichimlik suv quvurlari ta’minotchi tashkilotini mahsulotlarini qayta tekshirish qurish uchun sifatli quvurlardan foydalanish. Muntazam.
– “Ko‘chma Mexanizatsiyalashgan Korxona” MCHJ ICHTB xodimlariga “Nurobod” suv inshooti rezervuari qurilishida monolit beton quyish bo‘yicha taklifni qayta ko‘rib chiqish;
– “Ko‘chma Mexanizatsiyalashgan Korxona” MCHJ qurilishi uchun ishlatiladigan barcha meteriallarini “EPTISA” texnik nazoratchi tashkiloti tomonidan ro‘yixatdan o‘tkazish.
“Toshkent viloyati suv taʼminoti”AJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat