Bosh prokuror tomonidan Toshkent viloyatining Ohangaron tumani va Angren shahrida qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan ta’minlanishi ahvoliga alohida e’tibor qaratilgan holda o‘rganildi
Bosh sahifa | Русский язык
Xususan, “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ tasarrufidagi “Aeratsiya” oqava suvlarini tozalash inshootida olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, mas’ullarga qayta ishlanadigan suv hajmini oshirish, qurilish ishlarini o‘z muddatida yakunlab, foydalanishga topshirish bo‘yicha topshiriq berildi.
So‘ngra, “Angren Issiqlik Elektr Stansiyasi” AJ uskunalarining qish mavsumiga tayyorligi, yoqilg‘i zaxirasining yetarli darajada jamg‘arilganligi ahvoli o‘rganildi. Unda jamiyatning korxonadan bo‘lgan debitor qarzdorligini qisqartirish va byuro tomonidan qarzdorlik uchun mol-mulklarni xatlashda qonun talablariga rioya etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, “Chinniobod” mahallasidagi aholiga ko‘mir tarqatish omborida mavjud ko‘mir zaxirasi o‘rganilib, omborda mavjud tarozini ta’mirlash va yetkazib berilayotgan ko‘mir mahsuloti uchun chegirmani 10 foizdan 15 foizga oshirish tavsiya berildi.
“Angren issiqlik energiyasi” DUK tasarrufidagi magistral issiqlik tarmoqlarini mukammal ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ahvoli o‘rganilib, mas’ullarga eskirgan quvurlarni ta’mirlash, pudratchi tomonidan obyekt belgilangan muddatda foydalanishga topshirilmaganligi holati yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazish haqida topshiriq berildi.
Kunning ikkinchi qismida o‘rganishlar Ohangaron tumanida davom ettirildi.
Jumladan, tumanning “Nurobod” mahallasida joylashgan 1-nasos stansiyasi ish faoliyati o‘rganildi. Nasoslar soni kamligi sababli, uzoq hududlardagi aholiga issiqlik energiyasini yetkazib berishda muammolar mavjudligi sababli, qo‘shimcha nasos ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Shundan so‘ng, 21-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining qish mavsumiga tayyorgarligi ahvoli o‘rganilib, mutasaddilarga binoni kapital ta’mirlashni davlat dasturiga kiritish masalasi muhokama qilindi hamda bog‘chaning isitish tizimini ta’mirlash uchun 2023 yilda olib kelingan metall quvurlar xarid qilinishi bo‘yicha tergovga qadar tekshirish o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi.
Mas’ullar “Nurobod” nim stansiyasini qish mavsumiga tayyorgarlik ahvolini o‘rganib, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash vazifasi berildi.
Bundan tashqari, Ohangaron Muravvat uyining mavsumga tayyorgarlik holati va isitish qozonxonasi qozonlarining ahvoli o‘rganilib, muassasaning isitish tizimini to‘liq ta’mirlashni investitsiya dasturga kiritish masalasi muhokama qilindi.
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat