“Toshkent suv taʼminoti”: Chirchiq shahar Tiklanish ko‘chasi 3-uy oldida joylashgan diametri Ø300 mm li suv quvur nosozligi bartaraf etilib, “G‘alaba”, “Sharq” MFY ichimlik suvi bilan taʼminlandi (Foto+video)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati Chirchiq shahri “G‘alaba”, “Sharq” MFYlarda istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.
Xususan, iklanish koʼchasi 3-uy oldida joylashgan diametri Ø300 mm li suv quvuri eski holatga kelib qolganligi sababli, yoriq paydo bo‘lib, suv oqishda davom etgan.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Chirchiq shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan, 30-iyun kuni quvurdagi suv butunlay to‘xtagandan so‘ng, maxsus uskunalar bilan diametri Ø300 mm bo‘lgan suv quvurining yoriq joyi taʼmirlandi.
Mazkur “G‘alaba” va “Sharq” MFYlarda istiqomat qiluvchi xonadon egalari qayta toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.