Toshkent suv taʼminoti”: Piskent tumani Mitan MFYda diametri Ø110 mm li ichimlik suv quvuri ta‘mirlandi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” mas'uliyati cheklangan jamiyati Piskent tumani filialiga Mitan MFYda istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Piskent tumani filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan joyiga chiqilib, o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Mitan MFY Amir Temur ko‘chasi poliklinika oldi yo‘lagida diametri Ø110mm li ichimlik suv quvurida yoriq paydo bo‘lib, suv sizib chiqa boshlagan.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Piskent tumani filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan, maxsus uskunalar bilan diametri Ø110 mm bo‘lgan suv quvurining nosoz joyi ta’mirlandi.
Маʼлумот учун, диспетчерлик хизмати ☎️ (70) 545-13-93
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.